Shopping Cart

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539-yilligi

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda tug’ilgan bo’lib, bu yil uning tavalludining 539 yilligi nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.

Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo’lsa, serjilo o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g’azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo’lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo’lib qo’shildi.

Axborot-resurs markazi hodimlari va talabalar Hazrat Navoiyning 581 yillik, Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yillik tavalludiga ular ijodiga mansub bazi g’azallarini yodga olib o’tishdi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov