Shopping Cart

Bo’limlar haqida

Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo’limi.

Bo‘lim xodimlari ilmiy izlanuvchilarga mavzular bo‘yicha ma’lumotlar topishida, bitiruv malakaviy ishlar bilan shug‘ullanayotgan bitiruvchi talabalarga, magistrlarga diplom ishlari uchun ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadilar. Analitik, tematik va adresli bibliografik ma’lumotlar beradilar. Muhim va unutilmas sanalarga atab bukletlar, devoriy gazetalar, bibliografik tavsiyaviy ro‘yxatlar tayyorlaydilar, turli mavzularda tadbirlar tashkil qiladilar. Axborot-resurs markazi faoliyatini targ‘ibot qilish ishlari bilan shug‘ullanadilar 

Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo’limi.

Bo‘lim axborot-resurs markaziga kelib tushayotgan yangi adabiyotlarni xujjat asosida qabul qilib oladi, tekshirib tahlil qiladi, inventar kitobga yozadi, sumar hisob kitobiga sistema asosida bosqichma-bosqich belgilab boradi, adabiyotlarga texnik ishlov beradi. ARM ning barcha bo‘limlariga tartib asosida taqsimlaydi va yangi qabul qilingan adabiyotlarning ro‘yxatini tuzib institut kafedralariga tarqatadi. Yangi adabiyotlarga katalog kartochkalari yoziladi va qat’iy tartib asosida kataloglarga joylashtiradi. Foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan kitoblarni ARM fondidan chiqaradi, o‘rniga olingan kitoblarni hisobga kiritadi. ARM ga keltirilgan yangi adabiyotlar haqida ma’lumotlar tayyorlaydi, hisobot beradi va barcha fakultetlarga tarqatadi.

Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi.

Ushbu bo‘lim o‘quv zallarida abonementda yagona kitobxonlik bileti bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi. Foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, o‘rganadi va muntazam ravishda rahbariyatga yetkazib turadi. Fondlarni hisobga olish va joylashtirishni amalga oshiradi, ularni saqlanishini, saqlash tartibini ta’minlaydi. Foydalanuvchilar uchun kutubxonashunoslik va bibliografiya, foydalanish tartib qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Foydalanuvchilarga berilgan kitoblarni fondga qaytarilishi, adabiyotlarni butligi hamda sifatini nazorat qilib boradi. O‘quv zallari kitob fondlari tarkibini o‘rganib, kerakli adabiyotlar bilan ta’minlaydi. Elektron o‘quv zallari uchun ARM fondida kam sonli hamda noyob adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlaydi. Elektron axborotlarni o‘quv zalida foydalanuvchilarga yetkazib berishni hamda kerakli elektron resurslar bilan to‘ldirib borish ishlarini tashkil qiladi.

Elektron axborot resurslari bo’limi

Ushbu bo’lim foydalanuvchilar uchun internetdan va elektron kutubxonadan ma’lumotlar qidirish ishlarida yordam beradi va axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ushbu bo‘limda elektron resurslar orqali foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish monitoringini olib boradi. Elektron kataloglar yaratish ishlarida yordam beradi. ARMda ma’lumotlar bazasini boyitish ishlari bilan shug‘ullanadi. Elektron shakldagi kitoblarni targ‘ib qilishni va foydalanishni tashkil qiladi. ARM Axborot-kutubxona tizimidagi yangiliklarni o‘rganib ARMda tadbiq qilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Elektron resurslarni to‘plash, yig‘ish, saqlash va foydalanishni tashkil etadi. Shuningdek yangi nashrlar to‘g‘risida axborot berib boradi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatish, internet tarmog‘iga ulanish, va talabalarga kerakli ma’lumotlarni yetkazib berishda axborot-texnologiyalar bo‘limi tez va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo’limi.

Bo‘limda asosan xorijiy adabiyotlar saqlanadi. Xalqaro grant loyihalar va xorijiy davlatlardan sovg‘a tariqasida taqdim qilingan har xil chet tilidagi o‘quv adabiyotlar, badiiy va ilmiy adabiyotlar talabalarining adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirmoqda.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov