Shopping Cart

O’quv zallari

1. Institutda 2022 yil qurib bitkazilgan yangi binoning yarim yerto’la qismida “Kashfiyotlar zali” va yangi turdagi komputerlar bilan jihozlangan “Kompyuterlar zali” joylashgan. Maydoni 206 m2 tashkil etadi. “Kashfiyotlar zali” 128 o’rinli o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish toifasidagi, avtomatlashtirilgan zamonaviy kutubxona. Zalning ikki tarafida badiiy adabiyotlar bilan to’ldirilgan javonlar joylashgan. “Kompyuter zali” 72 dona 24′ dioganallik, AMD RYZEN 5 seriyasidagi protsessorlik zamonaviy monobloklar bilan jihozlangan.

2. B2 binosida Axborot-resurs markazining “Moliya” o‘quv zali joylashgan. Umumiy maydoni 298,5 m2 tashkil etadi. Ushbu o’quv zali doira shaklida bo’lib ikki qavatdan iborat. O’quv zalining birinchi qavatida kitob fondi (3666 nusxa) va 22 ta kompyuter qurilmasi mavjud bolsa, ikkinchi qavatda 18 ta zamonaviy kompyuter qurilamalari foydalanuvchilarga xizmat korsatmoqda. O’quv zali o’rindiqlar soni 117 tashkil etadi.

3. D binoning birinchi qavatida “Ma’rifat” o’quv zali joylashgan. Maydoni 185,5 m2 tashkil etadi. Mazkur o’quv zali fondida mutahasislikka oid o’quv adabiyotlar, ilmiy adabiyotlar shuningdek, vaqtli matbuot nashrlari mavjud.

4. Axborot-resurs markazining “Xorijiy adabiyotlar” o’quv zali institutning D binosi ikkinchi qavatida joylashgan. Maydoni 185,5 m2 tashkil etadi. “Xorijiy adabiyotlar” o’quv zalining fondi xorijda chop etilgan o’quv, ilmiy va boshqa turdagi adabiyotlardan tashkil topgan. O’quv zalida o’rindiqlar soni 76 ta, adabiyotlar fondi 7301 nusxani tashkil etadi.

5. Axborot-resurs markazining yana bir o’quv zali institutning Sirtqi fakultet binosi birinchi qavatida joylashgan. Mazkur o’quv zalining umumiy maydoni 30 m2 ni tashkil etadi. O’quv zalidagi adabiyotlar fondi 1803 nusxani, o’rindiqlar soni 10 tashkil etmoqda.

Toshkent moliya instituti binolari va ularda axborot-resurs markazining joylashuvi
2021-2023 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov