Shopping Cart

Yosh kutubxonachilar III forumi

Bugun Toshkent Xalqaro Westminster Universitetida yosh kutubxonachilar III forumining ikkinchi kuni o’tkazildi.

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 23-27 oktabr kunlari an’anaviy “Infolib O’zbekiston–2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi” o’tkazila boshlagani haqida habar bergan edik.
Bugun, Toshkent Xalqaro Westminster Universitetida Yosh kutubxonachilar III forumining ikkinchi yakunlovchi kuni bo’lib o’tdi. Forum dasturi doirasida “Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan jahon, mintaqaviy va milliy darajadagi kutubxonalar hamjamiyati faoliyatining dolzarb yo’nalishlari”, “Elektron o’qish madaniyati raqamli asrda teng imkoniyatlarning asosiy omili sifatida”, “Media savodxonligi bo’yicha darsliklar”, “Zamonaviy kutubxonalarni boshqarish”, “Innovatsion “Librista” dasturi va yangi kutubxona tizimi” va boshqa mavzular bo’yicha seminar va treninglar o’tkazildi. Kasbiy mahorat kuni so’ngida ishtirokchilar sertifikatlar va O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mahsus sovg’asi bilan taqdirlandilar.

shuningdek Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi katta majlislar zalida “Axborot-kutubxona fondlarini xatlovdan o’tkazish, qayta baholash: muammo va yechimlar” hamda “Axborot-kutubxona fondini jamlashda mavjud muammolar va ularning yechimi” mavzularidagi seminarlar o’tkazildi. Ularda Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi hodimlari qatnashdilar.

“Infolib O’zbekiston–2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi” davom etmoqda…

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov