Shopping Cart

Yaxshi dam – mehnatga hamdam

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi hodimlari Toshkent viloyatining so’lim “Parkent” tumaniga saylga chiqishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-son Farmoni ijrosini ta’minlash

Ijtimoiy tarmoqga “Trend” sur’atga olish jarayoni

shuningdek, hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ichki turizmni jadal rivojlantirish, fuqarolarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi hamda tabiiy boyliklari bilan tanishtirish maqsadida Axborot-resurs markazi xodimlarini 2023 yil 23 sentyabr sanasida Axborot-resurs markazi hodimlari Toshkent viloyati, Parkent tumani, So‘qoq qishlog‘i tog’ yon bag‘riga sayl (piknik)ga chiqishdi.

Bu rasmning bo'sh alternativ attributi bor; uning fayl nomi IMG_20230923_110136-scaled-large.jpg
Saylda

Sayl So’qoq qishlog’i atrofidan oqib o’tuvchi So’qoqsoy yoki Samsaraksoy bo’yida tashkil etildi. Tashrif buyurganlar So’qoq qishlog’i manzaralarini ko’rish, toza havosidan bahra olish maqsadida shu manzildagi qirlar, yaylov va soy atroflarini ziyorat qilishdi.

So’qoqsoy (Samsaraksoy)
ARM direktori N. Kayumova
Bibliograf M.Ahmedova pichan ustida kitob mutolaa qilmoqda

Mazali tushlik va choy ustida kechgan qizg’in suhbatlardan so’ng ARM jamoasi ortga, yani Toshkent shahriga qaytishdi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov