Shopping Cart

Yangi O‘zbekiston Strategiyasi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi.

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’ezdida prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi taqdim etildi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.

Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:

  • «Yangi O‘zbekiston strategiyasi»
  • «Xalqparvar davlat»
  • «Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish»
  • «Adolatli ijtimoiy siyosat»
  • «Ma’naviy taraqqiyot»
  • «Xavfsizlik va tashqi siyosat»
  • «O‘zbekiston va umumbashariy muammolar».

Kitob so‘zboshida aytilishicha, ushbu kitobda Yangi O‘zbekistonni va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.

«Yangi O‘zbekiston orzusi, bugungi kunlarimizga nisbatan aytganda, hozirga davrning taqozosi, uning asl qiyofasini, harakatlantiruvchi kuchlari va omillarini belgilaydigan g‘oyaviy-ma’navyi asos, xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati va keng ko‘lamli islohotlarimizning yaqqol ifodasidir», — so‘zlari bilan kitob boshlanadi.

2021-2023 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov