Shopping Cart

Yangi adabiyotlar bilan tanishing!

Axborot-resurs markazi kitob fondiga 2024 yil fevral oyida kelib tushgan yangi adabiyotlar.

UO’K: 796.01(075)
K 25

Karimov F. X., Toshboyeva M. B. Jismoniy tarbiya va sport: darslik. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 280 b. Hadya.
5 nusxa.

Ushbu jismoniy tarbiya va sport fanining dasturiga to’laqonli mos keladi. Umuman olganda mazkur fan bo’yicha tayyorlangan darslik jismoniy tarbiya va sport tizimida asosiy o’rinni egallaydi. Darslik barcha oliy o’quv yurtlarida taxsil olayotgan talabalar uchun foydalanishga mo’ljallangan.

UO’K: 657.6(075)
K 26

Karimov A. A., Islomov F. R., Avlokulov A. Z. Xalqaro audit: darslik. – T.: Nihol print, 2023 y. – 400 b. 396000 so‘m.
50 nusxa.

Ushbu darslik 70410102 – “Audit (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” mutaxassisligi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda jahon mamlakatlarida auditorlik faoliyati rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari, audit modellarining o’xshash va farqli jihatlari, audit modellarining o’xashash va farqli jihatlari, auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy tartibga solish tizimi va boshqa masalalar yoritilgan.

UO’K: 336.1
R 18

Razzaqov J. X. 5-modul. Moliya: davlat xaridlari: darslik.
– T.: TMI, 2022 y. – 192 b. Hadya. 1 nusxa.

Mazkur darslik oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan. Darslik o’z ichiga davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirishning nazariy, ilmiy, xuquqiy jixatlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni olgan bo’lib, xar bir mavzu yuzasidan nazorat savollari, glossariylar berilgan.

UO’K: 811.512.133
R 59

Rixsiyeva G. O‘zbek tili: xorijliklar uchun darslik. – T.: Akademnashr, 2023 y. – 224 b.  28600 so‘m. 1 nusxa.

Ushbu darslik o’zbek tilini intensiv ravishda sodda gap qurilmalaridan murakkab grammatik shakllargacha kompleks o’rgatish asosida yozma va og’zaki nutqni shakllantirishni ko’zda tutadi. Unda xorijiy tillarni o’qitish tajribalaridan ijodiy foydalanilgan hamda o’zbek tilini chet elliklarga o’qitishning noan’anaviy usullari qo’llanilgan.

УДК: 796.01(075)
Т 25


Ташпулатов Ф. А., Каримов Ф. Х. Физическое воспитание и спорт: учебник. – Т.: Tahririy nashriyot, 2023 г. – 360 с. Дар.
5 экз


Данное учебнике предназначено для всех направлений бакалавриата нашей Республики. В учебнике даны рекомендации и сведения о теоретических основах физической культуры и спорта, об организованные и проведении занятий по плаванию, бадминтону, лёгкой атлетике (бег и прыжки), гимнастике, спортивным играм (футбол, волейбол, баскетбол).

UO’K: 657.6(075.8)
Q 88

Qo‘ziyev I. N., Avlokulov A. Z., Ochilov F. Sh., Sherimbetov I. X. Audit-2: darslik – T.: Nihol print, 2023 y. – 304 b. 270000 so‘m. 100 nusxa.

Darslikning asosiy maqsadi – talabalarda auditorlik faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashkil etish bo’yicha nazariy bilimlarni o’rgatish, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish, o’tkazish va auditorlik xulosalarini tuzish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

УДК: 339.138(075)
X 23

Хамдамова Г. А. Маркетинг: учебник. – T.: Diadema nur servis, 2023 г. – 500 с. 584000 сўм. 30 экз.

Основная цель учебника оказать помощь студентам в углубленном изучении основ маркетинга предприятия. Работа составлена логично и охватывает целый спектр учебного материала по изучению дисциплины “Маркетинг”. Учебник состоит из курса лекций, контрольных вопросов, тестов для самопроверки, глосария и списка литературы.

UO’K: 657.6(075.8)
A 22

Avlokulov A. Z., Ochilov F. Sh. Ichki audit: o‘quv qo‘llanma.– T.: Nihol print, 2023 y. – 152 b. 331000 so‘m. 30 nusxa.

Mazkur o’quv qo’llanma davlat ta’lim standartlari va malaka talablari asosida tayyorlangan bo’lib, unda “Ichki audit” fanidan takrorlash uchun savollar, vaziyatli masalalar, mavzu bo’yicha testlar ham tayanch iboralar keltirilgan. “Ichki audit” fanidan tayyorlangan mazkur o’quv qo’llanma 70410102-“Audit (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” magistratura mutaxassisligi talabalariga amaliy mashg’ulot darslarini o’tkazish uchun mo’ljallangan.

UO’K: 336(075.8)
А 50

Alimardonov E. D. Xalqaro moliyaviy markazlar: o‘quv qo‘llanma. – T.: Nihol print, 2023 y. – 300 b. 262000 so‘m.
100 nusxa.

Ushbu o’quv qo’llanmada xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishdagi ilmiy nazariy qarashlar, xalqaro moliyaviy markazlar klassifikatsiyasi, Jahon moliyaviy markazlarining rivojlanish bosqichlari va mamlakatlarda shakllantirish shart-sharoitlari, global moliyaviy markazlarni baholash mexanizmi va boshqa ko’plab masalalar keng yoritilgan.

UO’K: 796(075.8)
J 13

Jabborov U. S., Hamrayeva Z. B. Jismoniy  tarbiya va sport: Yengil atletika: o‘quv qo‘llanma – T.: Chinor fayzi baland, 2023 y. – 192 b. Hadya. 5 nusxa.

Mazkur o’quv qo’llanma Toshkent moliya instituti barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tahsil olayotgan talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quv qo’llanmada yengil atletika bo’limiga kirish, bo’limning maqsadi, yengil atletika tarixi, maqsadi va vazifalari, yengil atletika turlari tog’risida hamda mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar va ma’lumotlar keltirilgan.

UO’K: 336(075.8)
U 47

Umarova M. N. Iqtisodiy xavfsizlik: o‘quv qo‘llanma. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. –208 b. 264000 so‘m. 50 nusxa.

“Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan tayyorlangan mazkur o’quv qo’llanma ilg’or xorijiy tajribalarni keng o’rganish, umumlashtirish va undan ta’lim va tadqiqotlari jarayonida samarali foydalanish mahsuli hisoblanadi. O’quv qo’llanmada iqtisodiy xavfsizlik fanining nazariy asoslari va ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan mavzular yoritilgan.

УДК: 338.439.62
Ф 29

Фаттахова М. А., Саидов Д. А., Алиева Д. З. Методология исследования: учебное пособие. – T.: Lessonpress, 2023 г. – 203 с. Дар. 5 экз.

Учебное пособие “Методология исследования” (для студентов бакалавриата) посвящен основам методологии, методики и научному процессу. Особое внимание уделяется методике работы с источниками информации. Автор учебника делает упор на самостоятельность проведения исследования, что является принципиальным требованием к научной работе.

UO’K: 316.334.3(038)
I 26

Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘ati: A. Madvaliyev, N. Mahkamov, Sh. Ko‘chimov. – T.: Sahhof, 2021 y. – 304 b. 32450 so‘m. 1 nusxa.

Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug’aviy tarkibi, jumladan, terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Buning obyektiv sabablari bor, albatda. Ijtimoiy-siyosiy terminologiyadagi taraqqiyot, o’zgarishlar ham yangi lug’aviy birliklarning paydo bo’lishi va ayrim lug’aviy birliklarning istemoldan chiqishi, so’zlarning yangi ma’nolar kasb etishi va ayrim ma’nolarning yo’qolishi kabi hodisalardan iborat bo’ladi.

UO’K: 54(038)
K 42

Kimyo atamalarining izohli lug‘ati: J. Mirzamahmudov. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 y. – 392 b. 229600 so‘m. 1 nusxa.

Kimyo atamalarining izohli lugʻati 2023-yili Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 3000 nusxada chop etilgan. Lugʻatda noorganik, fizik, analitik va biokimyo, kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari boʻyicha 4123 mingga yaqin eng koʻp ishlatiladigan oʻzbek, ingliz va rus tillaridagi qisqacha izohi keltirilgan.

УЎК: 811.532.11’374.3
X 22

А. Мадвалиев ва бошқ. Халқаро терминэлементларнинг изоҳли-иллюстратив луғати: – Т.: Donishmand ziyosi, 2020 й.
– 280 б. 24100 сўм 1 нусха.

Фан ва техника, маданият ва санъат соҳаларига оид ўзлашма терминлар ва улар таркибидаги терминэлементлар илмий адабиётлардан турли соҳавий терминологик луғатлардан борган сари мустаҳкам жой олмоқда. Асосан, юнон ва лотин тиллари элементларидан таркиб топган бундай терминлар кейинги даврларда халқаро нуфузга эга бўлган бази замонавий европа тилларидан ҳам ўзлашмоқда.

UO’K: 001(038)(084.1)
X 22

A. Madvaliyev va boshq. Xalqaro terminelementlarning izohli-illyustrativ lug‘ati: – T.: Donishmand ziyosi, 2023 y. – 432 b.
75000 so‘m. 1 nusxa.

Fan va texnika, madaniyat va san’at sohalariga oid o‘zlashma terminlar va ular tarkibidagi terminelementlar ilmiy adabiyotlardan turli sohaviy terminologik lug‘atlardan borgan sari mustahkam joy olmoqda. Asosan, yunon va lotin tillari elementlaridan tarkib topgan bunday terminlar keyingi davrlarda xalqaro nufuzga ega bo‘lgan bazi zamonaviy yevropa tillaridan ham o‘zlashmoqda.

UO’K: 811.512.133’373.4

N. Mahmudov va boshq. O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati: – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 y. – 512 b. 85120 so‘m. 1 nusxa.

Ushbu lug’at umumta’lim maktablari, akademik litseylar o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan o’zbek tili sinonimlarining izohlari o’rin olgan. Lug’atga faqat mustaqil so’zlardan iborat sinonimik qatorlargina emas, balki yordamchi so’z turkumlari doirasidagi sinonimik qatorlar ham kiritilgan.

UO’K: 811.512.133’355
M 23

Mamatov J., Chiniqulov N. O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati: – T.: Donishmand ziyosi, 2021 y. – 112 b. 15900 so‘m. 1 nusxa.

Ma’lumki, o’zbek tili ko’p shevali bo’lganligi bois so’zlarni adabiy tilda orfoepik jihatdan to’g’ri talaffuz qilinishi va rus tili orqali o’zlashgan so’zlarni adabiy tilda talaffuz qoidalariga mos ravishda qo’llash talab etiladi. Ana shu omillarni hisobga olib, ushbu lug’at tayyorlandi.

UO’K: 811.512.133’374.3(038)
O’ 16

O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi: 6 jildlik. A. Madvaliyev, D. Xudayberganova. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. To‘ldirilgan va qayta ishlangan nashr. 2022 – 2023 y. 133000 so‘m. 6 nusxa

Ushbu ko’p jildli “O’zbek tilining izohli lug’ati” uning lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug’at hozirgi o’zbek adabiy tilida keng iste’molda bo’lgan 80 mingdan ortiq so’z va so’z birikmalarini, fan, texnika, san’at va madaniyat sohalariga oid teminlarni va boshqa atamalarni o’z ichiga oladi.

УЎК: 811.512.133.374.3
Ў 16

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 га яқин сўз ва сўз бирикмаси: 5 жилдли. А. Мадвалиев. – Т.: O‘zbekiston nashriyoti, 2020 й. Тузатилган 2-нашри. 2020 й. 27664 сўм.
5 нусха.

Луғат ҳозирги ўзбек адабий тилида кенг истеъмолда бўлган 80 минга яқин сўз ва сўз бирикмаларини, фан, техника, санъат ва маданият соҳаларига оид терминларни, бир неча шевада қўлланадиган сўзларни, баъзи тарихий ва эскирган атамаларни ўз ичига олади.

UO’K: 811.512.133’373.46:327(038)
Sh 21

Shamsimuxamedov I. Diplomatik terminlar izohli lug‘ati: lug‘at. – T.: Donishmand ziyosi, 2021 y. – 224 b. 47400 so‘m.
1 nusxa.

Ushbu lug’at kitobi hozirgi o’zbek tilining xalqaro munosabatlarga oid sohasi – siyosat va diplomatiyada qo’llanayotgan 400 ga yaqin termin, so’z birikmasi va nomlarni o’z ichiga olgan. Qo’llanma xalqaro munosabatlar hamda siyosatshunoslik fanlari o’qitiladigan universitetlar, institutlarning tadqiqotchi va talabalari va boshqalar uchun mo’ljallangan.

UO’K: 330.34(519)
A 50

Alimov A. Koreya Respublikasi iqtisodiy rivojlanish bosqichlari va omillari: O‘zbekiston uchun saboqlar: monografiya. – T.: Istiqlol, 2018 y. – 232 b. Hadya. 5 nusxa.

Koreya Respublikasi oxirgi 50-60 yil ichida kambag’al, agrar mamlakatdan zamonaviy, sanoat jihatdan rivojlangan, ko’pgina iqtisodiy taraqqiyot ko’rsatkichlariga ko’ra jahondagi iqtisodiy nuqtayi nazardan eng ilg’or deb hisoblangan davlatlarga juda yaqinlashib qolgan mamlakatga aylandi.

UO’K: 336(075.8)
А 50

Alimardonov E. D. O‘zbekistonda xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishning konseptual va metodologik asoslari: monografiya. – T.: Nihol print, 2023 y. – 216 b. Hadya. 2 nusxa.

Ushbu monografiyada xalqaro moliyaviy markazlarni shakllantirishdagi ilmiy nazariy qarashlar, xalqaro moliyaviy markazlar klassifikatsiyasi, jahon moliyaviy markazlarning rivojlanish bosqichlari va mamlakatlarda shakllantirish shart-sharoitlari, global moliyaviy markazlarni baholash mexanizmi va boshqa mavzular yoritilgan.

UO’K: 004.4.6
B 26

Baltayev J. B.,Tursunboyev Sh. Y., Abdullayev M. X. Mikrokontroller va mikroprotsessor qurilmalarini diagnostikalash samaradorligi: monografiya. – T.: Ziyo nashr-matbaa, 2024 y. – 378 b. Hadya. 2 nusxa.

УЎК: 336.77
Д 13

Давирова Ш. Ш. Мамлакат кредит рейтингини бошқариш ва мустаҳкамлаш масалалари: монография. – Т.: Тошкент молия институти, 2023 й. – 120 б. Ҳадя. 10 нусха.

Монографияда мамлакат кредит рейтинг, уни шакилланиши, методологияси, рейтинг турлари, шакиллантириувчи омиллар ўрганилган. Таҳлилий қисмда Марказий Осиё ва Жанубий Кавказ мамлакатларининг алоҳида кўрсаткичлари берилган.

UO’K: 811.502.1330(0091)
A 17

Matniyazov, A. R. Yusufov B. O‘zbek tilining shakllanish va rivojlanish tarixi: monografiya. – T.: Euroasia print, 2023 y. – 129 b. 46984 so‘m. 1 nusxa.

Ushbu monografiya birlamchi yozma manbaalar asosida o’zbek tilining ko’p ming yillik tarixiy rivojlanishini yoritib beruvchi ilmiy asardir. Unda miloddan oldingi davrlarda hozirgi O’zbekiston hududida yashagan, o’zbeklarning ajdodlari hisoblangan turkiy xalq vakillarining eng qadimgi yozma manbaalarda keltirilishi bayon etilgan, ilmiy faktlar asosida o’zbek tilining tarixan shakllanish davrlari hamda rivojlanish bosqichlari tadqiq qilingan.

UO’K: 311.101.23
M 23

Mamadjonova S. Sh., Khidirov N. G. Study of GDP contribution from female workforce. Employment in Uzbekistan: монография. – London: Lap Lambert Academic Publishing, 2023 y. – 103 p. Hadya. 1 nusxa.

Over the past five years, authorities and policymakers have frequently brought up the issues of gender prejudice in our social and economic lives. But focusing solely on the nehative social effects of gender disparity is insufficient; more economic research that clarifies the issue has to be done.

UO’K: 004.421
N 69

Nishonboyev T. N., Xujamatov X. E., Abdullayev M. M. Taqsimlangan bulutli ma‘lumot markazlarida xizmatlarni taqdim etish model va algoritmlari: monografiya. – T.: Ziyo nashr-matbaa, 2024 y. – 239 b. Hadya. 2 nusxa.

УДК: 621.311:66/68(575.1)
X 23

Хамдамова Г. А. Совершенствование методологии повышения энергоэффективности промышленных предприятий Республики Узбекистан (на примере предприятий энергетической отрасли): монография. – Т.: Nihol print, 2024 г. – 156 с. Дар. 3 экз.

В данной монографии описаны научно-теоретические основы повышения энергоэффективности промышленных предприятий, разработаны организационно-экономический механизм повышения энергоэффективности, прогнозные показатели энергетической отрасли в условиях энергосбережения.

UO’K: 004.05
Y 91

Yusupbekov N. R. Axborot-boshqaruvchi tizimlar dasturiy ta‘minotining ishonchliligi: monografiya. – T.: Ziyo nashr-matbaa, 2024 y. – 148 b. Hadya. 3 nusxa.

Monografiyada axborotni boshqarish tizimlari dasturiy ta’minotining funksional ishonchliligini oshirish usullari, modellari va algoritmlari aks ettirilgan. Axborot va boshqaruv tizimlari, tarmoqlar va tizimlarning ishonchliligi va diagnostikasi nazariyasining asosiy tushunchalari, elementlari va tizimlarining ishonchlilik ko’rsatkichlarini eksperemental va analitik aniqlash va hk.

УДК: 232.271.153.20
Э 73

Эрхонова М. А. Совершенствование пенсионной системы в Узбекистане на основе рекомендаций международного валютного фонда: монография. Б. О. Турсунов, С. С. Ёдгоров, Ф. К. Саидмуродов. – Т.: Fan ziyosi, 2023 г. – 102 с. Дар. 3 экз.

В монографии исследованы содержание, сущность, особенности пенсионного обеспечения и его роль в социальной поддержке населения, сформировавшаяся в Республике Узбекистан, и ее нормативно-правовые основы.

Eslatma: Ushbu ro’yxatdan avtoreferatlar o’rin olmagan. Ular bilan tanishish uchun adabiyotlarining batafsil ro’yxatini ko’chirib oling!

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov