Shopping Cart

Yangi adabiyotlar bilan tanishing!

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi kitob fondiga 2023 yil dekabr oyida kelib tushgan yangi adabiyotlar.

811.111(075)
I-95

Ishankhodjayeva F. A. English for the students of finance sphere. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 302 b. 117928 so‘m.
100 nusxa.

The given tutorial is prepared on the basis of the current curriculum and is intended for the first year students of Bachelor’s degree of all specialites of the Tashkent Insitute of Finance. It contains necessary material for students to comprehend the topics and issues related to their speciality.

657.1
Sh 92

Shalunova T. S., Davidyan E. R. MHXS bo‘yicha murakkab topshiriqlar to‘plami. – T.: Profi Training, 2023 y. – 86 b.
525000 so‘m. 20 nusxa.

657.1
Sh 92

Shalunova T. S. Ivanova A. B., Davidyan E. R. MHXS: Kirish (Moliyaviy hisob 1). – T.: Profi Training, 2023 y. – 385 b.
525000 so‘m. 20 nusxa.

658.5(075)
A 87

Ataniyazov J. X. (va boshq.) Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari: darslik. 4-qism. – T.: Diadema nur servis,
2023 y. – 212 b. 88447 so‘m. 100 nusxa.

Darslikda “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan. Ushbu darslikda xalqaro kapital migratsiyasi, xalqaro kapital jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati, investitsiya loyihalarini xorijiy mablag’lar orqali moliyalashtirish va boshqa ko’plab mavzular keng yoritilgan.

339.7(075)
A 87

Ataniyazov J. X. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari nazariyasi: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 356 b. 115282 so‘m. 100 nusxa.

Darslikda “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari nazariyasi” faniga tegishli bo‘lgan asosiy masalalar qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan. Ushbu darslikda jahon xo‘jaligi: rivojlanish tendentsiyalari va ularni xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlariga ta’siri, xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi, jahon valvuta tizimining evolyutsiyasi va boshqa ko‘plab masalalar yoritilgan.

339.7(075)
A 87

Ataniyazov J. X., Alimardonov E. D. Xalqaro moliya: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 424 b. 187001 so‘m.
100 nusxa.

Darslikda “Xalqaro moliya” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarii tilda bayon etilgan. Ushbu darslikda jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli, xalqaro moliyaviy markazlar, jahon moliyaviy arxitekturasi va xalqaro moliya tizimi, xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari kabi ko‘plab masalalar yoritilgan.

658.5(075)
Б 79

Бабаджанов Ш. Ш. Математика для экономистов. Модуль №1. Элементы линейной алгебры и ее приложения в экономике: учебник. – T.: Diadema nur servis, 2023 г.
– 456 б. 271475 cўм. 50 экз.

В учебнике излагаются основы линейной алгебры, элементы аналитической геометрии в тесной связи с различными экономическими приложениями. Рассмотренные примеры, экономические модели и упражнения прикладного характера отвечают требованиям по внедрению зарубежного опыта.

330.101.54(075.8)
Б 25

Бакиева И. А. Микроэкономика. Макроэкономика: учебник. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 г. – 424 с. 60771 cўм.
50 экз.

В данном учебнике освещены теоретические и практические вопросы, связанные с оптимальным удовлетворением неограниченных потребностей в условиях дефицита ресурсов, экономическим выбором и альтернативными издержками, эффективным использованием производственных возможностей, спросом и предложением продукции фирм в условиях рыночной экономики.

336(075)
E 45

Elmirzayev S., Muxamedov F., Abdikarimova D., Karimov A. Moliya bozori va birja ishi: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 520 b. 462242 so‘m. 30 nusxa.

Mazkur darslikda moliya bozorining nazariy asoslari, pul bozori, obligatsiyalar bozori, aksiyalar bozori, ipoteka qimmatli qog’ozlari bozori, hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori, xorijiy valyutalar va kriptovalyutalar bozori, qimmatbaho metallar bozori, moliya bozori tahlili, moliya bozori risklari va portfelni boshqarish va boshqa ko’plab masalalar yoritilgan.

336.6(075)
E 45

Elmirzayev S., Shavkatov N., Sherkuziyeva N. Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 412 b. 153500 so‘m. 100 nusxa.

Mazkur darslikda moliya bozor va moliyaviy texnologiyalarning nazariy asoslari, pul bozori, obligatsiyalar bozori, aksiyalar bozori, ipoteka qimmatli qog’ozlari bozori, hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori, xorijiy valyutalar va kriptovalyutalar bozori va boshqa ko’plab mavzular yoritib berilgan.

339.732.4(075)
J 86

Jumayev N. X., Ataniyazov J. X., Alimardonov E. D. Xalqaro valyuta munosabatlari: darslik. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 228 b. 50316 so‘m. 50 nusxa.

Darslikda “Xalqaro valyuta munosabatlari” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tarzda bayon etilgan. Ushbu darslikda xalqaro valyuta munosabatlarining mohiyati va asosiy funksiyalari, jahon valyuta tizimi rivojlanishi, valyuta kursi va unga ta’sir etuvchi omillar, valyuta operatsiyalari va boshqa turli masalalar yoritilgan.

339.7(075)
М 23

Mamurov S. I. Marketing (2-modul “Brend menejmenti” fani asosida) fanidan: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 300 b. 125106 so‘m. 100 nusxa.

“Brend menejmenti”ning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan mazkur darslikda shu fanining o’quv dasturi bo’yicha barcha mavzular yoritilgan.

330.322(075)
N 27

Nasirov E. I., Asamxodjayeva Sh. Sh., Yunusova S. B. Investitsiyalar va innovatsiyalar: darslik. 1-qism. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 304 b. – 54481 so‘m. 50 nusxa.

Darslikda investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati, investitsiya jarayonlarining asosiy bosqichlari, O’zbekistonda investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati, xorijiy investitsiyalar va iqtisodiyotning xalqaro integratsiyalashuvida ularning o’rni, erkin iqtisodiy zonalarning tashkil etilishi, investitsiya muhiti va boshqalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

339.138(075)
P 21

Pardayev A. X., Pardaeyeva Z.A., Pardaeyeva Sh.A. Operativ va strategik boshqaruv hisobi: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 420 b. 156255 so‘m. 100 nusxa.

Mazkur darslik “Operativ va strategik boshqaruv hisobi” kursining asosiy mavzulari bo’yicha masalalar, muammoli masalalar, illyustrativ misollar, vaziyatli holatlar tahlili va test savollarini o’z ichiga olgan.

339.138(075)
R 28

Rahmonov R. Marketingni boshqarish: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 196 b. 138289 so‘m. 30 nusxa.

Ushbu darslik bir-biri bilan mantiqan bog’langan yigirmata bobdan iborat bo’lib, bozor munosabatlari sharoitida korxonalar faoliyatining barcha boshqaruv mexanizmlarini qonunchilik doirasida va iste’mol bozorlarining holatini hisobga olgan holda, ushbu mexanizmni hozirgi iqtisodiy sharoitga bog’lash orqali ko’rib chiqadi.

004.738.5:338(075)
R 99

Ro‘ziyev A. O. Elektron tijorat: darslik. 2-qism. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 476 b. 63539 so‘m. 50 nusxa.

Darslikda elektron tijoratni amalga oshirish asosiy elementlaridan bo’lgan elektron to’lov tizimlari, elektron pullar va bank kartochkalari to’g’risidagi bilimlarni yoritishga alohida e’tibor qaratilgan. Unda elektron to’lov tizimlari sohasidagi ohirgi yutuqlarni yoritish o’z aksini topgan.

658.5(075)
T 45

Teshabayev T., Allayarov Sh., Aliyeva N. Tizimli menejment: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 220 b. 241026 so‘m. 30 nusxa.

Darslikda tizimli menejment va uni tashkil etish zaruriyati, tizimli menejmentning tarkibi, korxona raqobatbardoshligini oshirishda tizimli menejmentning roli, tizimli menejment elementlari va funksiyalari yoritilgan.

658.5(075)
T 45

Teshabayev T., Nabiyev E., Allayarov Sh. Rahbar imiji va uni boshqarish: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 196 b.
222783 so‘m. 30 nusxa.

Darslikda tizimli menejment va uni tashkil etish zaruriyati, tizimli menejmentning tarkibi, korxona raqobatbardoshligini oshirishda tizimli menejmentning roli, tizimli menejment elementlari va funksiyalari yoritilgan.

33.7(075)
X 98

Xo‘jakulova R. O‘zbek tili: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 244 b. 157510 so‘m. 50 nusxa.

O’zbek tili darsligi Toshkent moliya instituti Kengashi tavsiya qilgan fan dasturi asosida tuzilgan. Darslik rejaga binoan o’quv yili davomida olib boriladigan mavzularni qamrab olgan. Har bir dars matnlar, grammatik materiallar, lug’at ishi, mavzu doirasida maqollar, aforizmlar, qiziqarli ma’lumotlar, topshiriqlar, pedagogik texnologiyalar bilan boyitilgan.

339.7(075)
Sh 76

Sholdarov D. A., Tashmuxamedova D. A. Xorijiy mamlakatlar g‘aznachilik tizimi: darslik. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 200 b. 142458 so‘m. 50 nusxa.

Darslikda “Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimlari” fanining asosiy masalalari qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan. Ushbu darslikda “Xorijiy mamlakatlar g’aznachilik tizimlari” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, Rivojlangan mamlakatlarda g’aznachilik tizimlarining xususiyatlari va boshqa ko’plab masalalar yoritilgan.

336.71.078.3(075)
Q 80

Qurbonov R. B. Bank nazorati: darslik. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 50 b. 57450 so‘m. 50 nusxa.

Ushbu darslik “Bank nazorati” fani bo’yicha tasdiqlangan fan va ishchi dasturlari asosida tayyorlangan bo’lib, unda banklar faoliyatini nazorat qilishning mazmuni bayon qilingan. Ushbu darslikda tijorat banklari faoliyatini inspeksion nazoratni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi.

343.372(075.8)
A 82

Asatullayev X. S., Kalandarov R. A. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashning milliy va xalqaro tizimi: o‘quv qo‘llanma. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 284 b. 111968 so‘m.
100 nusxa.

Jahon xo’jaligining globallashuvi va informatsion texnologiyalarini shiddat bilan rivojlanishi sharoitida iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi iqtisodiy xavfsizlikning muhim elementlaridan biri sifatida bo’lib hisoblanadi.

338:001.895(075.8)
D 45

Djumaniyazova H. A. Iqtisodchilar uchun matematika. 1-modul (amaliy mashg‘ulotlar uchun misol va masalalar to‘plami): o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 264 b.
52357 so‘m. 50 nusxa.

Mazkur o’quv qo’llanmada chiziqli algebra asoslari, analitik geometriya elementlari va ularning iqtisodiyotda qo’llanilishi (chiziqli programmalashtirish masalalari) ko’rib chiqilgan. O’quv qo’llanma amaliy mashg’ulot darslarini mazmunli tashkil etish uchun mo’ljallangan.

336.6(075.8)
E 45

Elmirzayev S. (va boshq.) Moliya bozori va moliyaviy texnologiyalar: o‘quv qo‘llanma. – T.: Diadema nur servis,
2023 y. – 244 b. 157510 so‘m. 50 nusxa.

Mazkur darslikda moliya bozori va moliyaviy texnologiyalarning nazariy asoslari, moliya bozorining mohiyati, moliya bozori instrumentlari tasnifi va tavsifi, ulush va qarz munosabatlarini ifodalovchi qimmatli qog’ozlar, hosilaviy qimmatli qog’ozlar bozori, moliya bozorida investitsiya institutlari faoliyati va boshqa masalalar keng yoritilgan.

005(075.8)
I-38

Ilhomjonova F. Innovatsion menejment. 5-modul (“Menejment” fani asosida): o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 200 b. 49030 so‘m. 50 nusxa.

Ushbu o’quv qo’llanma menejment yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy maqsadi – talabalarda korxonalarda innovatsion boshqaruvni tashkil etish bosqichlari, iqtisodiyotni erkinlashuvi sharoitida innovatsiyalarni va ularni sotishni ko’paytirishning eng zarur omillari va imkoniyatlarini aniqlay olish va boshqalar haqida mavzular yoritilgan.

657.6(075.8)
К 88

Кузиев И. Н., Абдиева Н. Ш., Гофурова А. Ф., Ешпанов И. Т. Практический аудит: учебное пособие. – Т.: Tahririy nashriyot, 2023 г. – 380 с. 58563 cўм. 50 экз.

Учебное пособие написан в соответствии с требованиями Государственного образовательного стандарта высшего образования. В пособии раскрыты теоретические и практические вопросы по проведению аудита финансово-хозяйственной деятельности.

336(075.8)
M 13

Mavrulova N. A. Sug‘urtada raqamli texnologiyalar: o‘quv qo‘llanma. – T.: Diadema nur servis, 2023 y. – 128 b. 61271 so‘m. 100 nusxa.

O’quv qo’llanma “Sug’urtada raqamli texnologiyalar” fan dasturi asosida tayyorlangan bo’lib, unda sug’urtada internetning virtual imkoniyatlaridan foydalangan holda faoliyat yuritish jarayonlari va bosqichlari bayon etilgan.

336.6
М 22

Маликов Т. С., Тилабов Н. Т. Молия: тестлар-1: ўқув қўлланма. – Т.: Diadema nur servis, 2023 й. – 556 б.
202979 сўм. 100 нусха.

Тестлар “Молия” фани дастури асосида тайёрланган бўлиб, унда молиянинг моҳияти ва функциялари, молиявий сиёсат, молиявий тизим, молиявий бошқарув, молиявий режалаштириш ва тартибга солиш ҳамда молиявий назоратга оид масалалар ўз аксини топган.

657(075.8)
R 51

Rizayev N. K., G‘aniyev Z. U., Imamova N. M. Buxgalteriya hisobi: o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 236 b.
51161 so‘m. 50 nusxa.

Ushbu o’quv qo’llanmada buxgalteriya hisobi faniga kirish, buxgalteriya balansi, xo’jalik operatsiyalari va ikki yoqlama yozuv, biznes jarayonlari va ularni hisobga olish, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari, pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari shuningdek fanga doir boshqa ko’plab mavzular yoritilgan.

11.161.1’373.46:330(038)
X 17

Халилова Х.Х. Russian English dictionary of economic terminology: учебное пособие. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 г. – 284 с. 52804 cўм. 50 экз.

Учебное пособие “Russian English dictionary of econmic terminology” предназначен для студентов финансово-экономических специальностей. Данный толковый словарь предназначен как для студентов группы с русским языком, так и для студентов с английским языком обучения высших учебных заведений.

657.6(075.8)
Q 88

Qo‘ziyev I. N., Avlokulov A. Z., Avazov I. R., Xayitboyev M. I. Audit: o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 248 b. 51546 so‘m. 50 nusxa.

Ushbu o’quv qo’llanma o’rta maxsusu professional ta’limning 5.32.06.01 – Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo’yicha talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda “Audit” fanining nazariy va amaliy asoslari bayon qilingan. Ushbu o’quv qo’llanmada auditorlik faoliyatining tashkiliy huquqiy asoslari, audit standartlari, auditorlik faoliyatini rejalashtirish va audit amallari hamda boshqa shu kabi mavzular yoritib berilgan.

336
Ш 47

Шермухамедова Ш. А. Учебное пособие по дисциплине “Програмные комплексы финансов”: учебное пособие. – Т.: Ташкентский финансовый институт, 2023 г. – 72 с.
49572 cўм. 50 экз.

В данном учебном пособии указаны пути реализации требований к структуре дисциплины “Программные комплексы финансов”. По этому учебному пособию студенты приобретут первоначальный навыки использования основных программ, используемых в финансовых и казначейских органах.

005.915:336.713
О-64

Ортиқов У. Д. Тижорат банкларининг молиявий ресурсларини бошқаришни такомиллаштириш: монография. – Т.: Iqtisod-moliya, 2023 й. – 204 б. Ҳадя.
3 нусха.

Мазкур монография тижорат банклари молиявий ресурсларини бошқаришни такомиллаштиришнинг назарий, амалий ва методологик жиҳатлари тадқиқ этилган. Унда тижорат банклари молиявий ресурсларини бошқаришда илмий назарий ёндашувлар ёритилган уларнинг ўзига хос хусусиятлари таҳлил қилинган.

Eslatma: Ushbu ro’yxatdan avtoreferatlar va dissertatsiyalar o’rin olmagan. Ular bilan tanishish uchun adabiyotlarining batafsil ro’yxatini ko’chirib oling!

2021-2023 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov