Shopping Cart

Yangi adabiyotlar bilan tanishing!

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi kitob fondiga 2023 yil sentabr oyida kelib tushgan yangi adabiyotlar.

UO‘K: 336.14(075)
K 27

Kasimova G. A. Byudjet nazorati: darslik. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 360 b. 17977 so‘m. 30 nusxa.

Darslikda byudjet nazoratining o’ziga xos xususiyatlari, mohiyati va ahamiyati, mamlakatda byudjet amaliyotida nazoratning zarurligi, davlat moliyaviy nazoratining shakllari, huquqiy asoslari, mamlakatda byudjet tizimi barqarorligini ta’minlashda byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishning asosiy yo’nalishlari yoritilgan.

UO‘K: 005.6(075)
N 88

Nurimbetov R. I., Xodjayeva Sh. A. Sifat menejmenti: darslik. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 328 b. 14210 so‘m. 50 nusxa.

Ushbu darslik, korxonalarda xalqaro standart talablariga muvofiq sifat tizimlarining joriy etilishi raqobat muhitida korxonalar yutug’ining kafolati va korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga va iste’molchilarni sifatli va ekologik xavfsiz mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi marketing masalalari va omillar, turli mamlakatlardagi sifatni boshqarish tizimlarini yaratish imkonini beradi.

UO’K: 811.111ya7
Yu 31

Yuldashova U. B., Nazarova S. A. Learn business english: textbook – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 340 p. 14551 so‘m. 50 nusxa.

The “Learn Business English” textbook is suitable for all majors in economics. The textbook contains 8 units and each unit is divided into separate sub-topics. The topics mainly cover a number of topics related to the field of economics.

UO’K: 330.1
M 12

Maitah M. Macroeconomics: textbook. – Praha: ČZU, 2015 y. – 180 p. Hadya. 1 nusxa

Macroeconomics is the study of output, employment, and inflation in decentralized, market economy. This textbook presents in a simple and systematic way the theoretical core of macroeconomics found in most intermediate macroeconomics textbooks.

UO’K: 330.1
M 12

Maitah M. Macroeconomics: issues and exercises. 2nd ed. – Praha: ČZU, 2022 y. – 209 p. Hadya. 1 nusxa.

Macroeconomics is the study of output, employment, and inflation in decentralized, market economy. This textbook presents in a simple and systematic way the theoretical core of macroeconomics found in most intermediate macroeconomics textbooks.

UO’K: 336.14(075)
A 15

Abduvaxidov F. T. Banklarda buxgalteriya hisobi: o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. –  348 b.
14798 so‘m. 50 nusxa.

Mazkur o‘quv qo‘llanma respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib, bank operatsiyalari natijasida sodir bo’lgan jarayonlarni birlamchi hujjatlarda rasmiylashtirish, qayta ishlash va buxgalteriya hisobi hamda hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirish tartibi ishlab chiqilgan (amaliy ma’lumotlar) masalar to’plami asosida yoritib berilgan.

УДК: 339.138(075.8)
Э 77

Эрматов Т. Маркетинг: учебное пособие по маркетингу (модуль 2 по дисциплине “Стратегический маркетинг”). – T.: Tahririy nashriyot, 2023 г. – 116 c. 3690 сўм. 50 экз.

Данное учебное пособие является базовым курсом учебной дисциплины «Стратегический маркетинг». В книге с помощью графических средств изложены основные аспекты стратегического маркетинга и раскрываются концептуальные основы стратегического маркетинга, подробно излагаются вопросы стратегического поведения потребителей, их сегментации, анализ привлекательности рынка, выбора стратегий развития рынка на различных уровнях.

UO‘K: 336.71:005.334(075.8)
U 47

Umarov Z., Ortiqov U., Sharipova N. To‘lov tizimi va bank xavfsizligi: o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 196 b. 14995 so‘m. 50 nusxa.

O‘quv qo‘llanmada to’lov tizimining mohiyati, turlari, to‘lov instrumentlari xususidagi ilmiy-nazariy qarashlar, metodologik hamda me’yoriy-huquqiy asoslari, xorijiy mamlakatlarning bu boradagi ilg’or tajribasi va uning amaliy ahamiyati, respublikamizda to’lovlar va to‘lov tizimining amaldagi holati tahlili natijalari, shu bilan birga, banklarda to‘lov tizimlari bilan bog‘Iiq mavjud muammolar va ularning yechimiga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar bayon etilgan.

UO‘K: 311(075.8)
U 79

Utanov B. Q. Statistika: o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 216 b. 11118 so‘m. 50 nusxa.

Ushbu o‘quv qo’llanma avval nashr etilgan adabiyotlardan foydalangan holatda yangi o‘quv dasturga mos qayta ishlangan va boyitilgan navbatdagi nashri bo‘lib, unda o‘quv dasturidagi mavzular mazmunlari bo‘yicha ajratilgan holda statistik ko‘rsatkichlar va mavzulardan kelib chiqqan holda testlar bilan boyitilgan holda yozilgan.

UO‘K: 337.8(575.1)
Sh 53

Shavkatov N. Sh. Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish: monografiya. – T.: Lesson Press, 2023 y. – 202 b. Hadya. 2 nusxa.

Ushbu monografiyada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining nazariy jihatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik amaliyotida qo’llaniluvchi moliyaviy munosabatlarni tashkil etish metodologiyasini takomillashlirish yo’llari yoritilgan.

УЎК: 336+334.75(575.1)
А 45

Алиқулов М. С. Суғурта ташкилотларининг инвестицион фаолиятини такомиллаштириш йўллари: монография. – Т.: Vneshinvestprom, 2023 й. – 144 б. Ҳадя. 2 нусха.

Монографияда суғурта ташкилотларининг инвестиция фаолиятининг илмий-назарий асослари очиб берилган, суғурта ташкилотлари инвестиция фаолиятининг ташкилий-ҳуқуқий асослари ёритиб берилган, суғурта ташкилотлари инвестиция фаолиятини ташкил этишнинг хориж тажрибалари ўрганилган, суғурта ташкилотлари инвестицион салоҳияти ва инвестиция фаолиятининг ўзига хос хусусиятлари таҳлили амалга оширилган.

УЎК: 9
С 12

Саидов А. Ҳазрат Занги ота: китоб-альбоми. – тўлдирилган ва қайта ишланган иккинчи нашр. – Т.: Zamon-press-info nashriyot uyi, 2023 й. – 752 б. Ҳадя. 1 нусха.

Ушбу китобда улуғ авлиё, шайх, тасаввуфнинг йирик намояндаларидан бири Ҳазрат Занги ота (Ойхўжа ибн Тошхўжа) ҳақида сўз боради. Мовароуннаҳрнинг буюк валийларидан бири бўлган бу мўътабар зот Хожа Аҳмад Яссавийнинг устози Арслонбобнинг эварасидир. Китобда Занги отанинг таржимаи ҳоли, мақбара ва зиёратгоҳлари ва бошқа мавзулар тўғрисида маълумотлар баён этилган.

Eslatma: Ushbu ro’yxatdan avtoreferatlar o’rin olmagan. Ular bilan tanishish uchun adabiyotlarining batafsil ro’yxatini ko’chirib oling!

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov