Shopping Cart

Yangi adabiyotlar bilan tanishing!

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi kitob fondiga 2023 yil iyun oyida kelib tushgan yangi adabiyotlar.

УЎК: 323(575.1)
М 54

Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон демократик ўзгаришлар, кенг имкониятлар ва амалий ишлар мамлакатига айланмоқда.  – T.: O‘qituvchi MU MCHJ, 2021 й. –184 б. Ҳадя. 10 нусха.

Ушбу китобда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Янги Ўзбекистон” газетаси бош муҳаррири Салим Дониёровнинг саволларига жавоблари ўрин олган.

УЎК: 347.754(575.1)(094.4)
Ў 32

Ўзбекистон Республикасининг меҳнат кодекси (2022 йил 28 октябрда қабул қилинган): законы и законодательные акты. – Расмий нашр. – Т.: Адолат миллий ҳуқуқий ахборот маркази, 2023 й. – 776 б. 90300 cўм. 10 нусха.

УЎК: 725,94(575.1)
С 21

Саидов А Х.Ғалаба боғи фалсафаси: публицистика. – Т.: Тасвир нашриёт уйи, 2021 й. – 348 б. Ҳадя. 10 нусха.

Ҳурматли китобхон, қўлингиздаги китоб Сизга Миллат Сардори ташаббуси ва ғояси асосида бунёд этилган “Ғалаба боғи” ёдгорлик мажмуаси бўйлаб виртуал, яъни ғойибона сайр этиш имконини беради. Мутолаа асносида боғнинг яратилиш тарихи, мазмун-моҳияти ва аҳамияти ҳақидаги муҳим фикр ва мушоҳадалар билан танишасиз.

UO’K: 94(575.144)
X 47

O‘zbekiston Qahramonlari. M. Ali, Q. Rahmon, O‘. Mirzayor. – T.: Adabiyot, 2021 y. – 216 b. Hadya. 10 nusxa.

Mazkur kitobda hayotning turli sinovlariga qaramay sabot bilan mehnat qilib, xalqimiz farovonligi yoʻlida xizmat qilgan davlat va jamoat arboblari, olimlar, ishchiyu xizmatchilar, ustozlar, dehqonu chorvadorlar, sanʼat va madaniyat xodimlari, xullas, barcha jabhalarda olib borilayotgan yuksak bunyodkorlik ishlarida doimo kamarbasta boʻlgan zamondoshimizning umr yoʻllari aks etadi.

УЎК: 342.41(575.1)(083.13)
Ў 32

Янгиланаётган Конституция. 100 саволга  100 жавоб. Муҳаррир. М. Х. Рахманкулов.   – Т.: Адолат, 2023 й. –180 б. Ҳадя. 2 нусха.

Ушбу қўлланма Ўзбекистон Республикасининг Конституциясига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш юзасидан таклифларни шакллантириш ва ташкилий чора-тадбирларни амалга ошириш бўйича Конституциявий комиссия аъзоси, юридик фанлар доктори, профессор М.Х. Рахманкуловнинг умумий таҳрири остида тайёрланди.

UO’K: 94(575.144)
O-12

Oblomuradov N., Tolipov F. O’zbekistonning eng yangi tarixi: darslik. –T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 440 b. 36217 so‘m. 50 nusxa.

Darslikda O’zbekistonning davlat mustaqilligining qo’lga kiritilishi, mustaqillik yillarida mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan o’zgarishlar yoritilgan. Inson qadri uchun tamoyili asosida demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib borayotgan, jahon hamjamiyati bilan do’stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanayotgan Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z ifodasini topgan.

UO’K: 37.015..3(075.8)
T 71

Toshkulov A., Xudoyqulov S. Soliq nazariyasi: darslik. –T.: History and page, 2022 y. –  368 b. 102300 so‘m. 20 nusxa.

Mazkur darslik bakalavriat bosqichining «Soliqlar va soliqqa tortish» yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda «Soliq nazariyasi» fanining rivojlanish taraqqiyoti, soliqlarning yuzaga kelish shart-sharoitlari, soliqlar va boshqa majbriy to’lovlarning davlatchilikning turli davrlarida amal qilish xususiyatlari, soliqlarga oid ilmiy nazariyalar va qarashlarning qisqacha mazmuni yoritib berilgan.

UO’K: 330.43(075.8)
H 12

Habibullayev I. Ekonometrika-2: Ekonometrik modellashtirish: darslik. – T.: Taxririy nashriyot, 2022 y. – 250 b. 25992 so‘m. 50 nusxa.

Darslikka kiritilgan mavzular, ularni bayon etish usuli, mavzuga oid masalalarni ekonometrik modellarini tuzish tartibi, iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellashtirishda foydalaniladigan asosiy tayanch iboralar va statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko’mak beruvchi yordamchi jadvallar hamda o’quvchi olgan bilimlarini sinab ko’rish uchun savollar bo‘lajak iqtisodchilar ychun ekonometrik modellashtirish usullarini yanada chuqurroq o’zlashtirish imkonini beradi.

UDC: 811.111(075)
S 21

Saidova F. B. Business english for correspondence course: textbook. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 128 p. 20181 so‘m. 10 nusxa.

This textbook focuses on students being familiar with economic and financial terminology, its feature, functions and their types. It is intended as a simple guide to General English Grammar and using language materials in speaking, expands vocabulary and also get to know how to write effectively and confidently in their professional and personal lives.

UDC: 336(075)
S 17

Steps to financial literacy: textbook. F. B. Saidova, D. Yu. Zakirova. – T.: “Taxririy nashriyot” bo‘limi, 2023 y. – 140 p. 12841so‘m. 50 nusxa.

«Steps to Financial Literacy» study guide is compatible for 1st-grade bachelor’s degree courses in all directions in finance and economics. This textbook consists of 15 units, and each topic contains a number of exercises. The units cover a number of texts which are related to the field of finance and economics.

UO’K: 005(075)
M 37

Maxkamova M. A., Nabiyev D. X. Innovatsion menejment: darslik. – Т.: Donishmand ziyosi, 2022 y. – 336 b. 162000 so‘m. 10 nusxa.

Darslikda innovatsion menejmentning nazariy-uslubiy asoslari, innovatsion menejmentning asosiy tushunchalari, maqsadi va vazifalari, innovatsion korxonalarning tashkiliy shakllari, korxona va tashkilotlarda innovatsion faoliyatni tashkil etish va uning milliy qonunchilik asoslari, respublikada Innovatsion rivojlanish vazirligining faoliyati, korxona innovatsion strategiyalari, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlarni boshqarish, innovatsion faoliyat marketingi, moliyalashtirish va innovatsion faoliyatning samaradorligini baholash kabi innovatsion menejmentning asosiy masalalari tadqiq etilgan.

UDC: 84.608
A 88

Madjidov Sh. A., Abdieva D. A., Norbaeva M. A. Macroeconomics. Economic games and cases: textbook. – T.: Innovative development publishing house, 2022 y. – 392 p. Hadya.
5 nusxa.

The options for conducting economic games for the course «Macroeconomics» for students of economic directions of the bachelor’s program are presented. It is based on the methods of working role-playing games, contributing to the formation of students’ economic thinking and allowing them to apply the acquired knowledge in a new way.

UO’K: 347.77:330.133.1(075)
Q 61

Qosimova S. K. Intellektual mulkni baholash: darslik. – T.: Taxririy nashriyot, 2023 y. –160 b. 14086 so‘m. 50 nusxa.

“Intellektual mulkni baholash” fani bo’yicha yaratilgan ushbu darslik 60412700 – “Baholash ishi” ta’Iim yo’nalishi bo’yicha ta’Iim oluvchi talabalarda intellektual mulk va nomoddiy aktivlarning har qanday turi, ularning qiymati, boshqarilishiga, undagi qiymat va narx muhiti shakllanishiga doir ilmiy g’oyalar, nazariy qarash va atamalar, tushunchalar hamda intellektual mulk va nomoddiy aktivlar qiymatini baholashning asosiy yondashuvlari, usullari, baholash natijalarini muvofiqlashtirish bo’yicha yaxlit tizimlashtirilgan zaruriy bilim, amaliy ko‘nikma va malaka asoslarini shakllantirishga bag’ishlangan.

UO’K: 512(075)
A 72

Apakov Yu., Jamalov B., Tuxtabayev A. Oliy matematikadan misol va masalalar. (1-jild): darslik. – T.: Donishmand ziyosi, 2022 y. – 224 b. 84700 so‘m. 5 nusxa.

Darslik muhandis-texnika sohasidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan. Kitob ikki jilddan iborat. 1-jild 7 bobni, 2-jild 9 bobni o’z ichiga oladi. Darslikdan kunduzgi, kechki va sirtqi bo’lim talabalari foydalanishlari mumkin.

UO’K: 512/512(075.8)
A 72

Apakov Yu., Jamalov B., Tuxtabayev A. Oliy matematikadan misol va masalalar. (2-jild): darslik. – T.: Zebo prints, 2022 y. – 360 b. 75800 so‘m. 5 nusxa.

Darslik muhandis-texnika sohasidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan. Kitob ikki jilddan iborat. 2-jild 7 bobni, 2-jild 9 bobni o’z ichiga oladi. Darslikdan kunduzgi, kechki va sirtqi bo’lim talabalari foydalanishlari mumkin.

УДК: 330(075)
А-15

Абдулхалилова С. Н. Экономическая теория: учебник. – Т.: Tahririy nashriyot, 2023 г. – 384 c. 28702 сўм. 50 экз.

Этот учебник по экономической теории охватывает основы экономики, рыночной экономики и теории социально-экономического развития. В частности, особое внимание уделяется главной проблеме экономики, роли современной развитой рыночной экономики, ее правилам и механизмам регулирования.

UO’K: 796(075)
T 29

Tashpulatov F. A. Jismoniy tarbiya va sport: darslik. – T.: Chinor fayzi baland, 2023 y. – 268 b. Hadya. 30 nusxa.

Mazkur o‘quv qo‘lIanma Toshkent moliya instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar ta’Iim yo‘nalishi talabalari uchun mo’ljallangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, o‘quv qo’llanmada jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari, yengil atletika (yugurish va sakrash), sport o‘yinlari (futbol, voleybol, basketbol, stol tennis), gimnastika kabi sport turlari bo‘yicha mashg’ulotlarni tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar va ma’umotlar keltirilgan.

UO’K: 37.01:796(075)
A 15

Abduraximov B. B., Qidirov A. Q., Muxametov A. M. Jismoniy madaniyat va sport: darslik. – Samarqand: Turon nashr, 2022 y. – 344 b. Hadya. 1 nusxa.

Darslikda oliy ta’lim muassasalarining tibbiy ko’rikda tanlab olingan asosiy guruh talabalari bilan o’tkaziladigan sport mashg’ulotlarining nazariy va amaliy asoslariga oid ma’lumotlar berilgan, Shuningdek darslikda kuch, tezlik chaqqonlik, chidamlilik, egiluvchanlik, harakatlarining uyg’unligi, muvozanat saqlash va boshqa asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirishning uslubiy qoidalari va ulardan sport hamda o’quv-mashq jarayonida foydalanish uchun zarur amaliy tavsiyalar ham o’z aksini topgan.

UO’K: 811.112.2(075)
M 89

Muradova N., Tulaganova D. Deutsch als wirtschaftssprache für selbständiges lernen: o’quv qo’llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 120 b. 8272 so‘m. 50 nusxa.

Ushbu amaliy mashg’uIotlarni tashkil etish bo’yicha uslubiy qo’llanma barcha ta’lim yo’nalishlarida “Xorijiy til” fanini o’rganuvchi 2 kurs talabalar uchun mo’ljallangan. O’quv- uslubiy ko’satma mavzu yuzasidan savollar, topshiriqlar, testlar va xorijiy tilni o’rganish bo’yicha barcha ko’nikmalarni jumladan, yozish, gapirish, hamda o’qish ko’nikmalarini o’z ichiga olgan bo’lib, “Xorijiy til” fanini chuqurroq o’rganishga hamda shu tilda o’z mutaxassisliklari bo’yicha erkin muloqot qilishga yordam beradi.

UO’K: 37.015.3(075.8)
Yu 31

Yulchiyeva Z. N. Kasbiy faoliyat psixologiyasi: o‘quv qo‘llanma. –  T.: History and page, 2022 y. – 224 b. 115200 so‘m. 5 nusxa.

O’quv qo’lanma ta’lim standartlari hamda «Kasbiy faoliyat psixologiyasi» fanining o’quv dasturi asosida davlat tilida tayyorlangan bo’lib, unda texnik mutaxassislik xodimlari faoliyatining psixologik jihatlari batafsil yoritilgan. Mazkur o’quv qo’llanma TDTUning 5320500 – Biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyo va qishloq xo’jaligi) bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda kasbiy psixologiya texnik yo’nalishi sohalarida xodimlar faoliyati psixologiyasini o‘rganayotgan tinglovchi va talabalar, uni tadqiq etish bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchilar hamda professor-o’qituvchilarga, shuningdek, texnika yo’nalishidagi amaliyotchi xodimlarga mo’ljallangan.

УЎК: 37.015.3(075.8)
A 49

Алиев Б. Ўзбекистоннинг коррупцияга қарши кураш стратегияси: ўқув қўлланма. – Т.: Book trade ko, 2022 й. – 320 б. 124300 сўм. 5 нусҳа.

Ушбу ўқув қулланмада замонавий технологиялар асосида дарс ўтиш-нинг услублари ва барча мавзулар бўйича намунавий сценарийлар баён қилинган. Мавзулар бўйича тарқатма материаллар, мавзу мазмуни ва ҳар бир мавзунинг шаклан хилма-хиллиги мазкур кўлланманинг тавсифли хусусиятидир.

УДК:51(076.1)
Б 12

Бабаджанов Ш. Ш. Сборник задач, упражнений и заданий для самостоятельных работ по математике для экономистов. Модуль № 2. Математический анализ и его приложения в экономике: учебное пособие. – Т.: Tahririy nashriyot, 2023 г. – 308 c. 23803 сўм. 50 экз.

Это вторая книга комплекса учебных пособий по дисциплине математика для экономистов, направленных на развитие и активизацию самостоятельной работы студентов экономических вузов. Содержит задачи, упражнения и заданий для самостоятельных работ.

UO’K: 005(075.8)
M 37

Maxkamova M. A., Nabiyev D. X. Menejment: darslik. – T.: Shafoat Nur Fayz, 2022 y. – 288 b. 206700 so‘m. 10 nusxa.

Darslikda menejmentning bir-biri bilan mantiqan bog’langan nazariy asoslari, menejment nazariyasining rivojlanishi, boshqaruv maqsadi, boshqaruv funksiyalari, boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari, boshqarish usullari, menejer va rahbarlik uslublari, boshqaruv qarorlari, ishlab chiqarish va mehnat jamoalarini boshqarishda motivatsiya va axborot-kommunikatsiyalarning ahamiyati, xodimlari boshqarish va motivatsiya, strategik boshqaruv va rejalashtirish, korxonada nizo, stress va risklar, boshqaruv vakolatlari, tavakkalchilikni boshqarish, marketing, huquqiy menejment va boshqaruv samaradorligi kabi menejment nazariyasining asosiy masalalari tatqiq etilgan.

UO’K: 796(075.8)
M 96

Muxametov A. M. Jismoniy tarbiya va sport: o‘quv qo‘llanma. – T.: Tahririy nashriyot, 2023 y. – 162 b. 14407 so‘m. 50 nusxa.

Mazkur o‘quv qo’llanma Davlat ta’lim standartlari talablari, Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavr ta’lim yo’naIishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. O‘quv qo’llanmada jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslari, sport mashg‘ulotlari jarayonida qo’llaniladigan asosiy usullar, asosiy guruhdagi talabalar jismoniy qobiliyatlarining umumiy tavsifi, jismoniy qobiliyatlarni va jismoniy sifatlarni rivojlantirish tamoyillari kabi sport turlari bo‘yicha mashg’ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar va ma’lumotlar keltirilgan.

УЎК: 330.322(575.1)
O-95

Очилов О. И. Инвестициялар ҳисоби ва таҳлили методологиясини такомиллаштириш: монография. – Т.: Lesson Press МЧЖ нашриёти, 2023 й. – 218 б. Ҳадя. 2 нусха.

Монографияда хўжалик юритувчи субъектларда инвестициялар ҳисоби ва таҳлили методологиясини такомиллаштириш бўйича ишлаб чиқилган илмий таклиф ва амалий тавсиялар акс эттирилган. Монографиядан олий ўқув юртларининг иқтисодий соҳадаги ўқитувчилари, магистрантлар, шу соҳадаги илмий изланувчилар, малака ошириш тингловчилари, шунингдек ички ва ташқи инвесторлар, корхона мулки эгалари, аудиторлар, бухгалтерлар ва хўжалик юритувчи субъектлар раҳбарлари фойдаланишлари мумкин.

UO’K: 336.2:(575.1)
J 81

Jumaev Sh. Yirik soliq to‘lovchilarga oid soliq ma‘murchiligini takomilashtirish masalalari : monografiya. – T.: TDYU Iqtisodiyot, 2023 y. – 146 b. Hadya. 2 nusxa.

Monografiyada yirik soliq to’lovchilarning mohiyati, guruhlanishi va aniqlash mezonlari, yirik soliq to’lovchilarni soliqqa tortishning nazariy asoslari, O’zbekiston soliq tizimida yirik soliq to’Iovchilarni soliqqa tortish ma’murchiligining shakllanishi, yirik soliq to’lovchilarning byudjet-soliq tizimidagi fiskal xususiyatlari tahlili, yirik soliq to’Iovchilarga oid soliq ma’murchiligi va uning samaradorligi tahlili, soliq tizimida yirik soliq to’lovchilarga oid soliq ma’murchiligini amalga oshirish xorij tajribasi va uning qiyosiy tahlili, O’zbekiston soliq tizimda yirik soliq to’Iovchi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish va tartiblashda soliq ma’murchiligining ta’sirchanligini oshirish yo’nalishlari kabi masalalar yoritib berilgan.

УЎК: 336.71(575.1)
O-64

Ортиқов У. Д. Банк карталари билан операциялар ва банк технологиялари:  монография – T.: Iqtisod-moliya, 2023 й. – 140 б. Ҳадя. 1 нусха.

Монографияда банк карталари билан банк операцияларини амалга ошириш амалиёти, банкларда замонавий банк технологияларидан фойдаланишнинг замонавий ҳолати ва унга хос бўлган тенденциялар ҳамда уларнинг ҳуқуқий ва меъёрий асослари тадқиқ қилинган. Шунингдек, мамлакатимиз банк амалиётида банк карталари билан ҳисоб-китоблар ва банк технологияларини банк амалиётига кенг жалб қилишни такомиллаштириш йўллари ёритилган.

UO’K: 338:005.51
Ya 99

Yakubova N. T. Sug’urta faoliyatida biznes jarayonlarini takomillashtirish: monografiya. – T.: Iqtisod-moliya, 2023 y. – 132 b. Hadya. 2 nusxa.

Monografiyada sug‘urta kompaniyasining sug’urta faoliyatidagi biznes jarayonlari keltirilgan bo‘lib, ularning tarkibi bayon etilgan. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta faoliyatidagi biznes jarayonlari, ularning o‘ziga xosliklari amaliy tahlil etilgan, sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta bozoridagi hissasi o‘rganilgan. Shuningdek, sug‘urta faoliyatida biznes jarayonlaridagi mavjud muammolar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilgan. Shu bilan birga, sug‘urta faoliyatida biznes jarayonlarini takomillashtirishning zaruratidan kelib chiqib, uni takomillashtirish borasida istiqbolli yo‘nalishlar belgilangan.

Eslatma: Ushbu ro’yxatdan avtoreferatlar o’rin olmagan. Ular bilan tanishish uchun adabiyotlarining batafsil ro’yxatini ko’chirib oling!

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov