Shopping Cart

Yangi adabiyotlar bilan tanishing!

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi kitob fondiga 2023 yil may oyida kelib tushgan yangi adabiyotlar.

UO‘K: 324
M 54

Mirziyoyev Sh.M. Inson qadri, uning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari uchun. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022 y. – 392 b. 80000 so‘m. 7 nusxa.

Ushbu kitobdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdida, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari bilan o‘tkazgan saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan ma’ruzalari, shuningdek, Prezidentlik lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi o‘rin olgan.

УЎК: 324
М 54

Мирзиёев Ш.М. Инсон қадри, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари, қонуний манфаатлари учун. – Т.: “O‘zbekiston” нашриёти, 2022 й.
– 416 б. 80000 сўм. 1 нусха.


Ушбу китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ҳаракати – Ўзбекистон Либерал-демократик партиясининг X съездида, Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳри сайловчилар вакиллари билан ўтказган сайловолди учрашувларида сўзлаган маърузалари, шунингдек, Президентлик лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталари қўшма мажлисидаги нутқи ўрин олган.

UO‘K: 324
M 54

Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi: darslik. Birinchi kitob.
– T.: Innovatsiya-Ziyo, 2022 y. – 400 b. 220000 so‘m. 4 nusxa.

Mazkur “Adabiyot o’qitish metodikasi” darsligi amaldagi o’quv rejasi asosidagi o’quv dasturiga tayanib yaratilgan. Unda adabiyot o’qitishning eng dolzarb masalalari bugungi kun talablari nuqtai nazaridan yoritib berilgan. Darslik pedagogik yo’nalishdagi oliy o’quv yurtlari o’zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan.

UO‘K: 82(072)(07)
X 73

Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi: darslik. Ikkinchi kitob. – T: Innovatsiya-Ziyo, 2022 y. – 392 b. 220000 so‘m. 4 nusxa.

Mazkur “Adabiyot o‘qitish metodikasi” darsligi amaldagi o’quv rejasi asosidagi o’quv dasturiga tayanib yaratilgan. Unda adabiyot o’qitishning eng dolzarb masalalari bugungi kun talablari nuqtai nazaridan yoritib berilgan. Darslik pedagogik yo’nalishdagi oliy o‘quv yurtlari o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan.

UO‘K: 796(075.9)
O-95

Baltayev J. B., Abasxanova X. Y., Yaronova N. Radioaloqaning mikroprotsessor qurilmalari: darslik. – T.: Nodirabegim nashriyoti, 2023 y. – 348 b. Hadya. 5 nusxa.

Uslubiy darslik hozirgi kundagi ishlatilayotgan radioaloqaning mikroprotsessor qurilmalari, radioaloqaning raqamli texnika asoslari, radioaloqa signallarga raqamli ishlov berish sxemalari, mikroprotsessor tizimining strukturaviy asosi, mikroprotsessor tizimining ishlash prinsipi, mikrokontrollerlarning ichki strukturasi, algoritmlarini, dasturlashlari va ular orqali osongina tushunish mumkin.

UO‘K: 657.1(047.3)
K 18

Kalonov M. B., Ortiqov X. A. Buxgalteriya hisobi: o‘quv qo‘llanma. – T.: Zamin Nashr, 2022 y. – 800 b. Hadya. 2 nusxa.

O‘quv qo’llanma bakalavr va magistrlarni tayyorlash bo‘yicha Davlat standartlari asosida tayyorlangan. O’quv qo’llanmada buxgalteriya hisobini tashkil etish jihatlari, aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital va boshqa hisob obyektlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish va ularga oid ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda ochib berish xususiyatlari yoritilgan.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 38 номда 48 нусхада ҳадя қилинган хорижий адабиётлар.

UO‘K: 657.1(047.3)
K 18

Nurillayev J., Tursunov B., Killcheva K., Ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati: monografiya – T.: Iqtisod-moliya, 2022 y. – 118 b. Hadya. 4 nusxa.

Monografiyada ta’lim xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlarini amalga oshirishni nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Ta’lim xizmatlari marketingining nazariy asoslari, ta’lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlar tizimi, ta’lim xizmatlari bozorini marketing strategiyasini rejalashtirishda raqobat muhitining o’rni, O’zbekistonda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning marketing strategiyasi va uni amal qilish mexanizmi. Jahon oliy ta’lim tizimini isloh qilishning marketing modellari va ulardan foydalanish imkoniyatlari bo’yicha ilimiy taklif va amaliy tavsiyalar shakllantirilgan.

UO‘K: 821.512
O-80

Ona tilim-mangu makonim: she’rlar. Muharrir. A. Said. – T.: Yangi asr avlodi, 2022 y. – 384 b. 41000 so‘m. 4 nusxa.

Mazkur kitobda ona tilimiz – o‘zbek tiliga bag’ishlangan she’rlar to‘plandi va keng kitobxonlarga taqdim etilmoqda. Maqsad – sohir so‘z egalarining tashbehi bilan tilimizni yana bir karra ulug‘lash va eng chiroyli ta’riflar bilan ko‘ngillarni zabt etishdir. To‘plam tilimizga Davlat tili maqomi berilganining 33 yilligiga bag‘ishlanadi.

Turkiy adabiyot durdonalari: 100 jildlik. Muharrir. X. Sulton. – T.: O‘zbekiston nashriyoti, 2022 y. – 100 nomda. 100 nusxa.

Mazkur keng ko‘lamli, zalvorli badiiy silsilaga umumturkiy adabiyotning eng yetuk namunalari, O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Turkmaniston va Vengriya davlatlarining atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritildi.

UO‘K: 821.512
O-80

Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati. Muharrir. O. P. Axmedova, M. H. Nazarova. – T.: Kafolat print company, 2022 y. – 824 b. 90000 so‘m. 2 nusxa.

Ushbu lug‘at O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida AKT sohasi xodimlari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari hamda barcha qiziquvchilar foydalanishi mumkin bo’lgan terminologik bazani shakllantirish maqsadida tuzildi.

Eslatma: Ushbu ro’yxatdan avtoreferatlar o’rin olmagan. Ular bilan tanishish uchun adabiyotlarining batafsil ro’yxatini ko’chirib oling!

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov