Shopping Cart

Yangi adabiyotlar bilan tanishing!

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi kitob fondiga 2022 yil noyabr oyida kelib tushgan yangi adabiyotlar.

УЎК: 323(575.1)

C 77

Солнома. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёев фаолияти хроникаси. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2022 й. – 744 бет. 103742 сўм. 2 нусха.

Ушбу китобда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев-нинг 2016 йил сентябрь ойидан 2021 йил 6 ноябрга қадар бўлган даврдаги дастлабки беш йиллик сиёсий фаолияти акс этган. Мазкур салмоқли хроника, айни пайтда, давлатимизнинг ички ва ташқи сиёсати, мамлакатимизда барча соҳаларда амалга оширилаётган изчил ислоҳотлар ва ўзгаришлар билан боғлиқ энг муҳим тарихий жараён-ларни – Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт солномасини ўзида мужассам этгани билан аҳамиятлидир.

UO’K: 323(575.1)

S 77

Solnoma. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev faoliyati xronikasi. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2022 y. – 744 bet. 103957 so‘m. 6 nusxa.

Ushbu kitobda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil sentabr oyidan 2021-yil 6-noyabrga qadar bo’lgan davrdagi dastlabki besh yillik siyosiy faoliyati aks etgan. Mazkur salmoqli xronika, ayni paytda, davlatimizning ichki va tashqi siyosati, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va o’zgarishlar bilan bog’liq eng muhim tarixiy jarayonlarni – Yangi O’zbekistonning taraqqiyot solnomasini o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.

УЎК: 001.895(575.1)”2017/2021″

Ў 32

2017-2021 йиллар учун Ўзбекистон Республикаси Илм-фан ва инновациялар бўйича миллий маъруза. – Т.: “Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи”, 2022 й. – 492 бет. 554300 сўм. 4 нусха.

2017 – 2021 йиллар учун Ўзбекистон Республикаси Илм-фан ва инновациялар бўйича миллий маърузада мамлакатда илм-фан ва инновациялар ривожланишининг ҳозирги ҳолати ва тенденциялари таҳлили келтирилган. Маърузада, шунингдек, амалга оширилган давлат ислоҳотлари, маҳаллий олимларнинг сўнгги йиллардаги асосий ютуқлари, илм-фан ва инновация соҳасидаги халқаро алоқалар йўналишларининг шарҳи тақдим этилган. Глобал инновацион индекси рейтингида Ўзбекистоннинг мавқеини яхшилаш масалалари алоҳида кўриб чиқилган.

Ochilov B., Butayev J. Investitsiyalar va innovatsiyalar. Uslubiy qo‘llanma. – T.: “Vneshinvestprom”, 2022 y. – 152 bet. Hadya. 3 nusxa.

“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchilari Bobur Ochilov va Javlonbek Butayevlar tomonidan “Investitsiya va innovatsiyalar” fani bo‘yicha noan’anaviy shaklda uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur uslubiy qo‘llanma tegishli fan yuzasidan darslarni interaktiv tarzda olib borilishini, talabalarni mustaqil fikrlashga, fan borasidagi nazariy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Uslubiy qo‘llanmada 10 dan ortiq ta’lim metodlari aks etgan bo‘lib, ular mustaqil ta’limni samarali tashkil etishda va mavzular kesimida muammoli vaziyatlarga doir masalalarga yechim topishda qo‘l keladi.

Eslatma: Bu ro’yxatdan avtoreferatlar o’rin olmagan. Ularni ko’rish uchun adabiyotlarining batafsil ro’yxatini ko’chirib oling!

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov