Shopping Cart

Xorijiy universitetlar professorlarining tashrifi

Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazida “Webster” va “Ural Davlat universiteti” professorlari mehmon bo’ldilar.

Joriy yilning 23-noyabr kuni  “Guest Lecturer” dasturi asosida Webster universiteti “Finance&Operations” bo‘limi direktori, Biznes boshqaruvi bo‘yicha Fransiyada fan doktori darajasini olgan professor, bir qancha maqolalar muallifi James V. Jain, shuningdek 24-noyabr kuni Riteyl xavfsizligi ekspertlari assotsiatsiyasi rahbari, Ural davlat iqtisodiyot universiteti professori Sergeyev Konstantin Vitalyevichlar axborot-resurs markazi mehmoni bo’ldilar. Mehmonlar iliq kutib olinib axborot-resurs markazidagi mavjud sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirildilar.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov