Shopping Cart

Xalqaro mutaxassisdan master-klass

Xalqaro mutaxassis Toshkent moliya instituti talabalariga bir hafta davomida dars o‘tmoqda

Toshkent moliya instituti hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti (BDIRU) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq, institutning Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasining “2023 yilda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi””da belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-maydan 8-may sanasiga qadar BDIRU “Axborotlashtirish va innovasion ishlanmalar markazi” boshlig‘i Migalevich Sergey Aleksandrovich Toshkent moliya institutida o‘quv jarayonlarini olib borishda avtomatlashtirishni ta’minlash uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida maslahat berish hamda institutning “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi talabalariga “Algoritmlash va dasturlash asoslari”, “Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish texnologiyalari (IC&T asoslari)” fanlarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun taklif etilgan. Dars mashg‘ulotlari institutning “Axborot resurs markazi” xodimlari ko‘magida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan “Kompyuterlar zali”da tashkil etilmoqda.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov