Shopping Cart

Toshkent moliya instituti vakillari Koreya Respublikasida

Toshkent moliya instituti vakillari Koreya Respublikasida (Janubiy Koreya) malaka oshirish dasturlarida ishtirok etishmoqda

Toshkent moliya instituti Axborot-resurs markazi direktori N.A. Kayumova va instutning boshqa tarkibiy qismlarida faoliyat yurituvchi 9 nafar hodimlar, 2023-yil, 18-26 dekabr kunlari Koreya Respublikasining (Janubiy Koreya) Sokcho shahrida joylashgan Kyonson universitetida (Kyungdong Universiti) (OTMlarning QS, THE xalqaro reytinglaridan o‘rin olgan) malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad malaka oshirish dasturi davomida Janubiy Koreya moliya tizimi va iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish tendensiyalariga oid amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etish, shuningdek, malaka oshirish dasturi doirasida oliy ta’limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda xorijiy tajribalar bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashish va ulardan hosil bo‘lgan ko‘nikmalarni Toshkent moliya instituti o‘quv jarayonlarida qo‘llash. Toshkent moliya institutida axborot-kutubxona faoliyatini xizmat ko‘rsatishning xalqaro standartlari asosida tashkil qilish, xalqaro reytinglaridan o‘rin olgan oliy ta’lim muassasasidagi kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishish orqali yangi malakaga ega bo‘lib qaytish maqsad qilib qo‘yilgan.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov