Shopping Cart

Tashkent Book Fest – 2022

2-4 noyabr kunlari navbatdagi Tashkent Book Fest – 2022 kitob festivali o’z ishini boshladi!

Koʻrgazmaning asosiy maqsadi – ishtirokchi davlatlar oʻrtasida kitob va kitobxonlikni targʻib qilish va ommalashtirish, jahon noshirlik sanoati tajribasini va yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish, oʻzaro tajriba almashish, ishtirokchi mamlakatlar adabiy merosini qoʻllab-quvvatlash va oʻrganish, mahalliy va xorijiy noshirlar va kitob tarqatuvchilar, axborot-kutubxona muassasalari, kitob va kitobxonlik masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar oʻrtasida doʻstona hamkorlik munosabatlarini yanada kuchaytirish, davlatlar oʻrtasida maʼnaviy-madaniy qadriyatlar almashinuvini faollashtirish, shuningdek, mamlakatimizda “Kitobsevar millat” umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Koʻrgazma-yarmarka doirasida nashriyotlar tomonidan chop etilgan yangi mahsulotlarni keng oʻquvchilarga tanishtirish, taqdimotlarini oʻtkazish, kitob mualliflari va bezakchi-rassomlar, adabiyot va sanʼat namoyondalari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish, seminar va mahorat darslari, kitob tanlovlari, aksiyalar va treninglar oʻtkaziladi, shuningdek, ishtirokchilar uchun alohida dastur asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etiladi.
Mahalliy va xorijiy nashriyotlar tomonidan asar mualliflari, tarjimonlardan mualliflik huquqlarini olish, asarlarning original maketlaridan foydalanish boʻyicha shartnomalar tuzish, shuningdek mualliflar, tarjimonlar, nashriyotlar oʻrtasida ijodiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy muzokaralar uyushtiriladi.

Kitob ko'rgazmasiga Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi hodimlari F. Azimova va D. Mamatxonovalar tashrif buyurishib ko'rgazma bilan tanishdilar.
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov