24 noyabrdan, 10 dekabrgacha ARM telegram kanali orqali o’tkazilgan tanlov va viktorina g’oliblari bilan tanishing.
“Men sevgan shoir” rukni ostidagi tanlov
Tanlov g’olibimiz Xojibekova Madinaxon “Axborot-resurs markazi” tomonidan esdalik sovg’a bilan taqdirlandilar.
Sovg’ani markaz direktori Kayumova Nasiba Akbarovna topshirdilar. Madinaxon o’qish va ishlaringizda zafarlar tilab qolamiz. Kelgusi tanlovlarimizda ham faol bo’ling va g’oliblikni qo’lga kiriting!

“Men tavsiya qilaman” rukni ostidagi tanlov
“Men tavsiya qilaman” rukni ostidagi tanlov g’oliblari bilan tanishing.
1-o’rin g’olibi Xayitboev Nurali
608 ta ovoz bilan tanlovimiz mutloq g’olibiga aylandilar. “Axborot-resurs markazi” tomonidan esdalik sovg’a bilan taqdirlandilar.
G’olib ishtirokchining tavsiya qilgan adabiyoti / Akrom Malik “Halqa”

2-o’rin g’olibi Ashiraliyev Diyorbek
Diyorbek g’oliblik muborak bo’lsin o’qish va ishlaringizga butun markaz hodimlari nomidan omad tilab qolamiz.
Kelgusi tanlovlarda yana ham faol bo’ling.
G’olib ishtirokchining tavsiya qilgan adabiyoti / Nosiriddin Rabg’uziy “Qissasi Rabg’uziy”

3-o’rin g’olibimiz Normatova Hilolaxon
G’oliblik muborak bo’lsin, o’qishlaringizga zafarlar tilaymiz. Hamisha g’oliblar qatorida bo’ling!
G’olib ishtirokchining tavsiya qilgan adabiyoti / Jorj Oruell “1984”
