Shopping Cart

«Prezident kutubxonasi» loyihasi

Toshkentdagi Milliy bog‘ hududida uch qavatli kutubxona qurilmoqda. Kutubxona loyihasi 8 iyun kuni prezidentga taqdim etildi.

Loyihaga ko‘ra, bu yerda 3 qavatli kutubxona qurilib, atrofida yashil hudud barpo etiladi.

Binoning birinchi qavatida san’at va axborot texnologiyalari, ikkinchi qavatda tarix, filologiya va dinga taalluqli, uchinchi qavatda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Milliy bog‘ hududida quyidagilar barpo etiladi:

  • 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona;
  • Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi;
  • Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi;
  • Milliy drama teatrning yangi binosi;
  • Davlat san’at muzeyining namoyishlari kompleksi (yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida).
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov