Toshkentdagi Milliy bog‘ hududida uch qavatli kutubxona qurilmoqda. Kutubxona loyihasi 8 iyun kuni prezidentga taqdim etildi.
Loyihaga ko‘ra, bu yerda 3 qavatli kutubxona qurilib, atrofida yashil hudud barpo etiladi.
Binoning birinchi qavatida san’at va axborot texnologiyalari, ikkinchi qavatda tarix, filologiya va dinga taalluqli, uchinchi qavatda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/_QubRi63iwpG4Du-hQyVJ_KXWJRJForb.jpg)
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Milliy bog‘ hududida quyidagilar barpo etiladi:
- 1,5 mln kitob fondiga ega kutubxona;
- Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi;
- Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi;
- Milliy drama teatrning yangi binosi;
- Davlat san’at muzeyining namoyishlari kompleksi (yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida).
![](https://storage.kun.uz/source/7/S9n5RAhd9zwhROddUj1PujpCPIN67_Tv.jpg)
![](https://storage.kun.uz/source/7/Mli7Q89xga51NzA2yIs5OvGoOTI_kXiY.jpg)