Shopping Cart

Prezident axborot-kutubxona markazi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi mazkur kutubxona 1965-yilda qurilgan bo‘lib, 2020-yilda rekonstruksiya ishlari boshlangan edi, ammo pandemiya sababli ta’mirlash ishlari biroz to‘xtatilgan edi. 

Uch qavatli bino zamonaviy qiyofa va sharoitga ega bo‘ldi. Kutubxona 872 ming nusxadan ortiq kitob fondiga ega.

 Prezidentimiz markazda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, bu yerga yoshlarni ko‘proq jalb etish, natijadorlikni oshirish, kutubxona fondini boyitish uchun mablag‘ ajratish, uni maktab va oliy o‘quv yurtlari bilan samarali bog‘lash, bu yerda Andijon tarixi ijodi, taniqli adiblar ijodi bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.

 Barkamol avlodni shakllantirishda kutubxonalarning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Bu o‘z o‘rnida kutubxona sohasi vakillariga yanada sharaf va ma’suliyat bag‘ishladi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov