Shopping Cart

Ona tili – bu millatning ruhidir…

Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989 yilning 21 oktyabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi.

          “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida” 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasi bilan 21 oktyabr sanasi O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

           O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan butun respublika miqyosida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ulug‘ Turkistonim, oltin dalalar,
Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib,
U sening tilingda aytar allalar,
Qonim, ona tilim, oh, ona xalqim.

Navoiy baytiga o‘xshaydi yo‘llar,
Bu toshlar Hamzaning qotili, hayhot!
Nahotki umrbod o‘rtasa o‘ylar,
Umrbod zanjirband etsa xotirot?

Zanjirbandman, ona tilim Ona so‘zingga,
Kundayin so‘larman, oydek to‘larman,
Mil kabi tortarman seni ko‘zimga.

Men g‘arib bandangman. Bir so‘z tilarman,
Boshimni qo‘yarman sening izingga,
Qudsiya anfosin aytib o‘larman.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov