Shopping Cart

Oliy taʼlimda axborot-resurs markazlarining oʻrni

“Oliy taʼlimda axborot-resurs markazlarining oʻrni: muammolar, tajriba va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari oʻtkazildi

Joriy yilning 15-dekabr kuni “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar” vazirligi binosida Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi tomonidan “Oliy taʼlimda axborot-resurs markazlarining oʻrni: muammolar, tajriba va istiqbollar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari oʻtkazildi.

Seminarda barcha oliy taʼlim muassasasi axborot-resurs markazlari rahbar va xodimlari ishtirok etdi hamda ARM faoliyatini takomillashtirishning ustuvor vazifalari, shuningdek, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida maʼruzalar qilindi. Jumladan, oliy taʼlim sifat samadorligini taʼminlashda zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish, axborot-resurs markazlarini avtomatlashtirilgan kutubxona tizimiga aylantirish va moddiy texnika bazasini takomillashtirish, soha xodimlari ish haqi miqdorini oshirish, oliy maʼlumotli kadrlar bilan taʼminlash va malaka oshirish tizimini tashkil etish, oliy taʼlim muassasalarini xalqaro maʼlumotlar bazasidan samarali foydalanishini taʼminlash maqsadida seminarlar va vebinarlar tashkil qilish va foydalanuvchilarga yetarli shart-sharoitlar yaratish, xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan samarali foydala­nish maqsadida axborot-resurs markazi va oʻquv zallarini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash bugungi kunda dolzarb masala ekanligi alohida taʼkidlandi.

Seminarning munozara qismida ishtirokchilar fikrlari tinglandi va kelgusida hamkorlik asosida qilinadigan ishlar kelishib olindi.

Seminar soʻngida soha rivojiga katta eʼtibor qaratayotgan oliy taʼlim muassasi rektorlari Markazning maxsus tashakkurnomalari, shu bilan birga, ARM faoliyatini samarali tashkillashtirayotgan kutubxona rahbarlari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Kunning ikkinchi yarmida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida seminar qatnashchilari ishtirokida axborot-resurs markazini zamonaviy jihozlash va faoliyatini tashkil etish yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.

Ushbu seminarda Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi direktori N.Kayumova, bo'lim mudirlari: B.Sahibayeva va M.Safarovalar ishtirok etishdi.

2021-2023 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov