Shopping Cart

Ochiq eshiklar kuni!

Joriy yilning 17 may kuni 32-hamda 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinf o‘quvchilari Axborot-resurs markazi bilan tanishdilar.

Joriy yilning 17 may kuni Toshkent moliya instituti Axborot-resurs markazining barcha o‘quv zallarida Toshkent viloyati Zangiota tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 32-hamda 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari 11-sinf o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Asosiy maqsad : o‘quvchi yoshlarni institut ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlarga oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish, institutda yaratilgan barcha qulay shart-sharoitlar haqida batafsil malumot, axborot berishdan iborat. Shuningdek, kelgusida institut talabasi bo‘lgan taqdirlarida kutubxona xizmatlari va ulardan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot ham taqdim etildi. O‘quvchi-yoshlarga katta hayotlarida ulkan zafarlar va kelgusida Toshkent moliya instituti talabasi bo‘lish baxti nasib etishligini tilab hurmat va extirom ko‘rsatildi. Mazkur ochiq eshiklar kuni o‘quvchi-yoshlarda katta qiziqish va tasurot uyg‘otdi hamda institut talabasi bo‘lish ishtiyoqini yanada oshishiga sababchi bo‘ldi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov