Shopping Cart

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

Toshkent moliya instituti Axborot-resurs markazi barchani Mustaqilligimizning 32 yilligi bilan muborakbod etadi!

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi!

Shu kunlarda Vatanimiz va xalqimiz uchun qadrli, ulug‘ sana – mustaqilligimizning 32 yillik ayyomi nishonlanmoqda!

32 yil oldin O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan suveren davlat sifatida ko‘pmillatli xalqning farovonligi va erkini ta’minlash hamda taraqqiyotning demokratik yo‘lini tanladi.

O‘tgan yillar davomida juda ko‘p yutuqlarga erishdik. Muhimi, yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Shu tufayli hamyurtlarimiz bilan tinchlik va xotirjamlikda, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelmoqdamiz!

Jonajon Vatanimizda tinchlik barqaror va ulkan taraqqiyotlarga erishish bardavom bo‘laversin!

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov