Shopping Cart

Milliy kutubxonada xorijiy mutaxassislar ishtirokida seminar o‘tkazildi

“Qanday qilib EBSCO elektron resurslariga foydalanuvchilarni jalb qilish mumkin” mavzusidagi xorijiy mutaxassislar ishtirokida axborot-metodik seminari o‘tkazildi

2024-yil 13-mart kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida EBSCOHost xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasiga ulangan tashkilotlar uchun “Qanday qilib EBSCO elektron resurslariga foydalanuvchilarni jalb qilish mumkin” mavzusidagi xorijiy mutaxassislar ishtirokida axborot-metodik seminari o‘tkazildi. Uni “EBSCO Information Services” kompaniyasining hududiy vakili Aleksandr Ritov va mijozlar bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis I.Serjanlar olib bordilar. Seminarda turli vazirlik, idoralar axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Seminarda zamonaviy kutubxonada elektron resurslarni samarali boshqarishning turli uslub va vositalari, kitobxonlar tomonidan elektron resurslardan foydalanish sifatini oshirish, qidiruv oynasini yaratish texnologiyalari, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi resurslar haqidagi ma’lumotlarni targ‘ib qilish kabi savollar muhokama qilindi.

Ma‘lumot uchun:

EBSCOHost xorijiy ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasi – bugungi kunda jaxondagi eng ilg‘or ma’lumotlar bazalaridan biri hisoblanib, u o‘zida minglab jurnallarning to‘liq matnlarini o‘z ichiga oladi. 1975-yildan hozirgi kungacha PDF formatida 100 dan ortiq jurnallarga dublikat fayllari taqdim etiladi. Bundan tashqari, 1000 dan ortiq nomdagi manbalarida qidirish imkoniyatini beradi.

Ushbu seminarda axborot-kutubxona texnologiyalari yetakchi mutahassisi B. Egamnazarov ishtirok etdi.
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov