Shopping Cart

Python dasturlash tili

Qo'shimcha ma'lumot

Alifbosi

Betlar soni

Kitob tili

Kitob turlari

,

Muallif

, , ,

Yili

Respublikamizda axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda qo‘llashni amalga oshirish yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasini ko‘ndalang qo‘ymoqda. Shu maqsadda tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”(dasturiy ta’minot) ta’lim yo‘nalishi talabalariga “PYTHON dasturlash tili” fanini o‘qitishga mo‘ljallangan, xuddi shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanmadan 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari va 5A130202 – “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxasissisligi talabalariga “PYTHON dasturlash tili”, “PHP dasturlash tili”, “Dasturlash tillari”, “Dasturlash asoslari” va “Yuqori bosqichli algoritmik tillar” fanlarini o‘tishga, hamda qo‘llanmadan PYTHON tilida dasturlash ko‘nikmalariga ilgaridan ega bo‘lmagan turli sohada faoliyat yuritayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin. Qo‘llanmada hozirgi kunda dunyoda keng miqyosida qo‘llanilayotgan PYTHON dasturlash tili ommabop tarzda bayon qilingan, unda foydali maslahatlar, ko‘plab misol va masalalar, hamda ularning PYTHON tilidagi dasturlari keltirilgan. O‘quv qo‘llanma nafaqat yuqorida ta’kidlangan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislik talabalari, balki o‘z faoliyatlari doirasida PYTHON tilidan foydalanuvchi tadqiqotchilar hamda tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun foydali manba vazifasini o‘taydi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov