Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktyabrdagi 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida”gi Nizom talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Shuningdek, amaliyot dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan.