“Moliyaviy savodxonlik asoslari” o’quv qo’llanmasi pulni qanday boshqarish – ishlab topish va xarj qilish, asrab-avaylab jamg’arish (ko’paytirish) va investitsiyalashtirish, moliyaviy risk va firibgarliklardan himoya qilish, byudjet va shaxsiy moliyaviy rejani tuzish – kerakligini tushunishga yordam beradi. Kitob u yoki bu hayotiy vaziyatlarda moliyaviy instrumentlar (depozit (omonat)lar, to’lov kartalari, kreditlar va h.k.lar) qanday qilib yordam berishi mumkinligi haqida hikoya qiladi. Uning eng asosiy vazifasi – afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olgan holda moliyaviy takliflarni tanqidiy baholashga va o’zlarining shaxsiy maqsadlariga erishish uchun ongli tanlovni amalga oshirishga o’quvchilarni o’rgatishdir.