Ushbu uslubiy ko’rsatma “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi bo’yicha belgilangan kurs ishlarini bajarish bilan bog’liq qoida va tartiblarni o’zida mujassamlashtirgan. Uslubiy ko’rsatma kurs ishlarini bajaruvchi talabalar va unga rahbarlik qiluvchi professor-o’qituvchilar uchun mo’ljallangan. Uslubiy ko’rsatma kurs ishining tuzilishi va uning mazmuniga qo’yiladigan talablar, uni tayyorlash, rasmiylashtirish hamda himoyasini tashkil etish tartiblari keltirilgan.