Mazkur uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Davlat byudjeti” fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Uslubiy qo‘llanmada keltirilgan kurs ishi mavzulari O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida davlat byudjetini takomillashtirishning dolzarb muammolari byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi zamon xususiyatlari hisobga olingan holda mamlakat va hududlarning istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan. Uslubiy qo‘llanma “Davlat byudjeti” fani bo‘yicha kurs ishi mavzulari namunalarini, talabalar uchun kurs ishini bajarishga oid tavsiyalarni, kurs ishiga rahbarlik qilish va himoya etish yuzasidan vazifalarni hamda tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan.