Ushbu qo’llanmada “Davlat byudjeti” faniga kirish, davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati, byudjet tuzilishi va byudjet tizimi, davlat byudjetininghuquqiy asoslari, davlatning byudjet siyosati, davlat byudjetini boshqarish, byudjetlararo munosabatlar, byudjet tasnifi, davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tizimi, davlat byudjetining holati, byudjet jarayoni kabi mavzular bo’yicha amaliy mashg‘ulotlar topshiriqlari uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o’z aksini topgan. “Davlat byudjeti” fanini chuqur o’rganish davlat moliya tizimida mavjud muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi.