Shopping Cart

Buxgalteriya hisobi nazariyasi

Qo'shimcha ma'lumot

Darslikda buxgalteriya hisobining asosiy huinsiplari, uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi roli batafsil bayon etilgan. Shuningdek, hisobning ahamiyati va axborotdan foydalanuvchilarning har xil toifalari uchun taqdim etiladigan ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, predmeti va uslubi, balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, analitik va sintetik hisobning xususiyatlari kabi o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan masalalar tushunarli va batafsil bayon qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni baholash, kalkulatsiyalash uslublari va ta’minot, ishlab chiqarish hamda sotish jarayonlarini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o‘rin egallagan. Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya hisobotining mohiyati va ahamiyati yetarli darajada bayon etilgan. Korxonaning hisob siyosati, buxgalteriya hisobini milliy va xalqaro standartlarga muvofiq isloh qilish masalalari alohida o‘rin tutadi.

Categories ,
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov