O‘quv qo‘llanmada “algoritm” tushunchasining, xossalari, turlari va taqdim etish usullari, C++ algoritmik tilining asosiy tushuncha va atamalari keltirilgan, ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan, hisoblash jarayonini tashkillashtirish aniq misollarda ko‘rsatilgan. Chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlarni, shuningdek, massiv elementlarini qayta ishlash bilan bog‘liq algoritmlarni amalga oshirish uchun zarur dasturlash, hamda funksiyalar yaratish va ulardan foydalanish uslubiyatiga oid mavzular yoritilgan.