Shopping Cart

Yaxshi dam – mehnatga hamdam

TMI Axborot-resurs markazi hodimlari Toshkent viloyatining so’lim “Bo’stonliq” tumaniga sayrga chiqishdi.

2022 yil, 26-27 iyun kunlari Chorvoq suv ombori va unga yondosh tog’ oldi hududlariga uyushtirilgan bu sayrda, Axborot-resurs markazi hodimlari Nanay qishlog’iga qadam ranjida qildilar. Nanay – Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani G’azalkent shahridan 50 km uzoqlikda joylashgan so’lim go‘sha.  Aholisi 1500 kishini tashkil etuvchi Nanay ahli bog‘dorchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Mehnatkash va mehmondo’st Nanay aholisining tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Nanay sharsharasi – Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida shimoli-sharqiy qismida Toshkent shahridan taxminan 130 km masofada joylashgan.

Yozning jaziramasiga qaramay Nanay sharsharasining ostidagi atrof-muhit salqin va yoqimli edi

Nanay qishlog‘ining faxri va g‘ururi hisoblangan sharshara aholi yashash joyidan soy bo’ylab janub tomonga 1500 metr ichkarida joylashgan. U yerga yozning ayni chillasi bo’lishiga qaramay, sharshara suvi muzdek edi.

Bunday so’lim joylarda albatda esdalik uchun foto suratga tushiladi

Sharsharaga suv yoqalab so’qmoq yo‘lakcha orqali boriladi. Boshlanish o’zani Aqsarsoydan keladigan bu jilg’a qishloq aholisining suv sug’orish ishlariga yo’naltirish maqsadida zovur ariqlarni kavlash jarayonida yuzaga kelgan. 8-10 metr balandlikdan tushadigan sharshara 2014 yilda rekonstruksiya qilingan.

Chorvoq suv ombori va Sijjak qishlog’i manzaralari

Sayr davomida Chorvoq suv omborining janubiy-sharqiy qismida, dengiz sathidan 960 metr balandlikda joylashgan “Yakkatut” qishlog’iga ham sayr tashkil qilindi. Qishloqning yuqori qismida joylashgan tog’yon bag’rlariga chiqib go’zal manzaralardan bahra olindi.

Yakkatut manzaralarini kuzatib turgan “Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi” mudiri D.Valiyev
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov