Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi xodimlari Tatariston Respublikasi milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Ayni vaqtda TMI ARM xodimlari malaka oshirish kursida ishtirok etmoqda.
Mazkur malaka oshirish kursi doirasida Qozon shahrida joylashgan asosiy kutubxonalarga tashriflar uyushtirilmoqda. Xususan, bu galgi tashrif manzili Tatariston Respublikasi milliy kutubxonasi hisoblanadi.
Tashrif jarayoniga Qozon federal universiteti — Boshqaruv, iqtisod va moliya institutining xalqaro faoliyat masalalari boʻyicha direktor muovini Polyakova V.O. boshchilik qildi. Tashrif koʻtarinki ruhda boshlandi. Vakillarimizni kutubxona direktorining muovini Yarullin T.M. kutib oldi. Kutubxona boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Barcha boʻlimlar, oʻquv zallari tanishtirib oʻtildi. Tatariston Respublikasi milliy kutubxonasi direktori muovini Pichugina G.V. institutimiz rektori nomidan esdalik sovg’alari topshirildi.
Tashrif davom etmoqda…












