Shopping Cart

Koreyalik mehmonlar tashrifi

Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi vakillari axborot-resurs markazida mehmon bo’lishdi.

Joriy yilning 16-may kuni Toshkent moliya institutiga Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari institut rahbariyati bilan kelgusida statistika sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashib, institutda faoliyat yuritayotgan “Statistika laboratoriyasi” bilan tanishdi hamda kafedra professor-oʻqituvchilari va talabalar bilan uchrashib oʻzaro tajribalar almashishdi. Shuningdek mehmonlar Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazida ham bo’lib talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov