Shopping Cart

Kollej o’quvchilarining ARMga tashrifi

Bo’ka tumani axborot texnologiyalari kolleji o’quvchilari axborot-resurs markazida mehmon bo’ldilar.

Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkent viloyati Bo’ka tumani axborot texnologiyalari kolleji o’quvchilari Toshkent moliya instituti axborot resurs markaziga tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad: o‘quvchi yoshlarni institut ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o‘qitiladigan fanlarga oid adabiyotlar bilan yaqindan tanishtirish, institutda yaratilgan barcha qulay shart-sharoitlar haqida batafsil malumot, axborot berishdan iborat. Shuningdek, kelgusida institut talabasi bo‘lgan taqdirlarida kutubxona xizmatlari va ulardan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot ham taqdim etildi. O‘quvchi-yoshlarga katta hayotlarida ulkan zafarlar va kelgusida Toshkent moliya instituti talabasi bo‘lish baxti nasib etishligini tilab hurmat va extirom ko‘rsatildi. Mazkur ochiq eshiklar kuni o‘quvchi-yoshlarda katta qiziqish va tasurot uyg‘otdi hamda institut talabasi bo‘lish ishtiyoqini yanada oshishiga sababchi bo‘ldi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov