Shopping Cart

Kitobxonlik xaftaligi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxonlik haftaligi” boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobxonlik haftaligi” tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan Siz Aziz kitobxonlarni 2022-yil 18-23-aprel kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tadigan “Kitobxonlik haftaligi–2022” ga barchangizni taklif etamiz. Haftalik davomida rang-barang va qiziqarli tadbirlar – turli marafonlar, teatr tomoshalari, kitob yarmarkalari, yangi kitoblar taqdimoti va ko‘rgazmalari hamda musiqiy ohanglardan bahramand bo‘lasiz.

“Kitobxonlik haftaligi–2022” doirasida o’tkaziladigan tadbirlar dasturi

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov