Shopping Cart

Kitob ko’rgazmasi

22-dekabr kuni Axborot-resurs markazi institut professor o’qituvchilari tomonidan chop etilgan darslik va o’quv qo’llanmalar hamda horijiy adabiyotlar ko’rgazmasini o’tkazdi.

22-Dekabr kuni Toshkent moliya instituti o’quv binoning birinchi ma’ruzalar zalida: 2021-yil sarhisobi asosida tegishli nominatsiyalarga erishgan yosh olimlar, pedagog hodimlar hamda talabalar o’rtasida o’tkazilgan startap loyihalari tanlovlari g’oliblarini tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
Marosimda “Axborot-resurs markazi” ham kitob ko’rgazmasi bilan faol ishtirok etdi. Ko’rgazmada Institut professor o’qituvchilari tomonidan chop etilgan darslik va o’quv qo’llanmalar hamda horijiy adabiyotlar havola etildi.
Marosimga tashrif buyurgan mehmonlar ushbu darsliklarga katta qiziqish bildirib ko’zdan kechirishdi.
Quyidagi sur’atlar gapimizning yaqqol ifodasidir.

2021-yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov