Shopping Cart

Kitob – Anons

Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda mamlakat investitsion jozibadorligi: nazariya va amaliyot (Monografiya) – kitobi haqida annotatsiya

Ochilov Bobur Baxtiyor o‘g‘li,
Hoshimov Jahongir Ravshanbek o‘g‘li,
Butayev Javlonbek Inatillo o‘g‘li

Monografiyada investitsion muhit jozibadorligi talqinida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy holati va tendensiyalari, O‘zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ko‘lami va oqimini oshirishning konseptual jihatlari, mamlakatimiz iqtisodiyotiga ichki investitsiyalarni jalb qilishning amaldagi holati tahlili, xorijiy investit-siyalarni jalb qilishda investitsion jozibadorlikni yanada yaxshilashning xorij tajribalari hamda hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda investitsion jozibadorlikni oshirish istiqbollari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda xorij tajribasi o‘rganilgan bo‘lib, uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash yuzasidan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

Monografiya talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim va mus-taqil izlanuvchilar, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining peda-gog-xodimlar va amaliyotchi-mutaxassislarga mo‘ljallangan.
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy kengashi tomonidan 2024-yil 29 fevral kuni № 7/6.3(1) tartib raqamli qaror asosida nashrga tavsiya etilgan.

Ushbu monografiyani yuklab olish

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov