Shopping Cart

Kitob – Anons

Investitsiya va innovatsiyalar (Uslubiy qo’llanma) – kitobi haqida annotatsiya

“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchilari Bobur Ochilov va Javlonbek Butayevlar tomonidan “Investitsiya va innovatsiyalar” fani bo‘yicha noan’anaviy shaklda uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. Mazkur uslubiy qo‘llanma tegishli fan yuzasidan darslarni interaktiv tarzda olib borilishini, talabalarni mustaqil fikrlashga, fan borasidagi nazariy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi. Uslubiy qo‘llanmada 10 dan ortiq ta’lim metodlari aks etgan bo‘lib, ular mustaqil ta’limni samarali tashkil etishda va mavzular kesimida muammoli vaziyatlarga doir masalalarga yechim topishda qo‘l keladi. Mazkur uslubiy qo‘llanmani institut axborot-resurs markazidan topishingiz hamda elektron shaklini yuklab olishingiz mumkin.

MUALLIFLAR

Ochilov Bobur Baxtiyorovich

1996-yilda Toshkent shahrida tug’ilgan. 2018-yilda Toshkent moliya institutining Moliyaviy menejment fakultetini tugatgan. 2020-yilda Toshkent moliya institutining magistratura bo’limi “Korporativ moliya va qimmatii qog’ozlar bozori” yo’nalishini tamomlagan. Hozirda ‘Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarning muallifi. shulardan 10 ta fan dasturi, 5 ta o‘quv uslubiy ko’rsatma, 17 dan ortiq jurnallarda ilmiy maqolalar (shulardan 10 tasi xorijiy nashrlarda). 25 ta xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to’plamlarida maqolalari chop etilgan.

Butayev Javlonbek Inatillo o‘g‘li

1995-yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan. 2020- yilda Toshkent moliya institutining Soliqlar va sug’urta fakultetini tugatgan. 2022-yilda Toshkent moliya institutining magistratura bo’limi “Investitsiyalarni boshqarish” yo’nalishini tamomlagan. Hozirda “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Ulmiy va innovatsion faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarning muallifi, shulardan 2 ta monografiya, 15 dan ortiq jurnallarda ilmiy maqolalar (shulardan 8 tasi xorijiy nashrlarda), 40 ta xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida ilmiy ishlari chop etilgan. Shuningdek. 2022 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibi.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov