TMI axborot-resurs markazi xodimlari “Qozon federal universiteti” tarkibiga kiruvchi “Boshqaruv, iqtisod va moliya instituti” kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Vakillarimizni “Qozon federal universiteti” tarkibiga kiruvchi “Boshqaruv, iqtisod va moliya instituti”ning xalqaro faoliyat masalalari bo‘yicha direktor muovini Polyakova V.O. kutib oldi. Kutubxona va institut boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Barcha boʻlimlar, oʻquv zallari tanishtirib oʻtildi. Boshqaruv, iqtisod va moliya institutining xalqaro faoliyat masalalari bo‘yicha direktor muovini Polyakova V.O.ga institutimiz rektori nomidan esdalik sovg’alari topshirildi.




