Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida 23-oktabr kuni an’anaviy “Infolib O’zbekiston–2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan joriy yilning 23-27 oktabr kunlari “Infolib O‘zbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilmoqda. Haftalik bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarida tashkil etilmoqda.
“Infolib O‘zbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantirish, aholiga axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini yetkazish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish, kitobxonlik va kitob mutolaasini targ‘ib qilish, yoshlarning intellektual bilimi va saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlar orqali ularni kutubxonalarga qiziqishini oshirishdan iborat.
Toshkent moliya instituti, axborot-resurs markazi hodimlari 23-oktabr yani tadbirlarning 1 kuni “Infolib O‘zbekiston-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Betgerxonlik – 2023” “Yangi O’zbekiston kutubxonalari – bilim va taraqqiyot maskani” mavzusida ilmiy anjumanida, shuningdek Yosh kutubxonachilar III forumi dasturi doirasida “Kutubxonalar targ’ibotida zamonaviy usullarni qo’llash” (SMM, ijtimoiy tarmoqlarda kontent yuritish), hamda “III Renessans kutubxonalari – yangi avlod kutubxonasi: mening fikrim minbari” ruknida O’zbekiston Milliy kutubxonasi rahbarining yoshlar bilan ochiq muloqoti tadbirlarida ishtirok etishdi.
Tadbirda Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi vakillaridan quyidagilar ishtirok etishmoqda: ARM direktori: N.Kayumova Bo'lim mudiri: D.Mamatxanova Axborot-kutubxona texnologiyalari bo'yicha yetakchi mutaxassis: B.Egamnazarov 2-toifa kutubxonachi: S.Sultonova