Shopping Cart

Infolib O’zbekiston – 2022

2022-yil 31-oktyabr – 4-noyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy “INFOLIB O’ZBEKISTON–2022” XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI boshlandi.

Haftalik doirasida “YOSH KUTUBXONACHILAR” II FORUMI tashkil etiladi.
Haftalik davomida bo’lib o’tadigan tadbirlar onlayn va oflayn tarzida o’tkaziladi.
Haftalikda O’zbekiston Respublikasining barcha аxborot-kutubxona markazlari hodimlari va kitobхonlar ishtirok etishlari mumkin.
Barchangizni ushbu haftalikda ishtirok etish uchun taklif etamiz.
“INFOLIB O’ZBEKISTON–2022” XI MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI haqidagi ma’lumotlar hamda haftalik doirasida bo’lib o’tadigan tadbirlar dasturini quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

http://conference.natlib.uz:8081/infolib/

Ushbu tadbir ochilish marosimida Toshkent moliya instituti Axborot-resurs markazi Direktori N. Kayumova va hodimlar D. Mamatxonova, B. Sahibayevalar ishtirok etishdi.
2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov