Shopping Cart

INFOLIB O‘zbekiston − 2019

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 28 oktyabr – 1 noyabr kunlari “INFOLIB O`zbekiston-2019” VIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Haftalik doirasida axborot-kutubxona mutaxassislari uchun “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi-2019”, “Ilmiy ma’lumotlardan foydalanish va nashr ettirish faolligi” mavzusida Milliy ilmiy-ta’limiy forumi, Xalqaro ekspert, pedagogika fanlari doktori, professor N.I. Gendina ishtirokida “Maktab o‘quvchisining axborot madaniyati” mediasavodxonlik seminar-treningi, “Axborot-kutubxona tahlili” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha Respublika tanlovi, “Betgerxonlik − 2019” davra suhbatilari bo‘lib o‘tadi.

Yurtimizning barcha kitobsevar kitobxonlari uchun esa yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar, shuningdek, ko‘plab aktsiyalar, viktorinalar, yutuqli o‘yinlar hamda qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda.

Barchangizni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 28 oktyabr – 1 noyabr kunlari o‘tkaziladigan tadbirlarga taklif qilamiz.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov