Buxoro Davlat universiteti, axborot-resurs markazi direktori va hodimlari Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazida mehmon bo’ldilar.
Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazida pedagoglar va talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, axborot-resurs markazi faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minot, texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish uchun Buxoro Davlat universiteti, axborot-resurs markazi direktori va hodimlari mehmon bo’ldilar.
Ayni damda poytaxtda xizmat safarida bo’lib turgan mehmonlarga, axborot-resurs markazining RFID tizimi, uning dasturiy va aparat qismi bilan tanishtirildi. Kutubxonada RFID tizimi asosida ishlashni 0 dan joriy qilish tajribasi bo’yicha tavsiyalar berildi.