Shopping Cart

“Grebennikon” seminar-treningi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Grebennikov nashriyot uyi” vakillari seminar-trening o‘tkazdilar.

2022-yil 28-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Grebennikov nashriyot uyi” (Rossiya) bilan hamkorlikda seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda respublikadagi OTMlar va Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi ilmiy markazlarning rahbarlari, yetakchi olimlari, mutaxassislari va doktorantlar, magistrlar, o‘qituvchi va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi.

Seminar davomida “Grebennikov nashriyot uyi” ning (Rossiya) bosh direktori, filologiya fanlari nomzodi Arkadiy Xalyukov “Grebennikon elektron kutubxonasi: yangiliklar. Kontent, xizmat ko‘rsatish strategiyasi, integratsiya, narxlar siyosati” mazvusida hamda “Grebennikov nashriyot uyi” ning rivojlantirish bo‘yicha direktori, texnika fanlari nomzodi Kristina Xalyukovalar “Ilmiy iqtiboslar bazalari bilan ishlashning xususiyatlari (Web of Science, Scopus, Google Scholar i Rossiya axborot-ilmiy markazi misolida)” mavzusida ma’ruza qildilar. Ular ilmiy iqtiboslar bazalari bilan ishlash, nashr faoliyati ko‘rsatkichlarini olish va raqamlar, bibliometriya amaliyoti, Grebennikon elektron kutubxonasi hamda oliy ta’lim muassasalari va kutubxonalar bilan hamkorlik kabi masalalar bo‘yicha ma’lumot berdilar.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilar uchun ilm olish, izlanishda kitob, ilmiy-ta’limiy bazalardan foydalanish, ilmiy davriy nashrlarni, shuningdek, Ebscohost, Web of Science core collection, Pressreader, SpringerLink, EastView, JStor hamda Proquest kabi xorijiy elektron bazalardan muntazam ravishda foydalanishlari uchun imkoniyatlar yaratib kelmoqda.

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov