Shopping Cart

E’tirofga sazovor loyiha

18 dekabr kuni Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Press-zalida “Best Soft Challenge – 2017” respublika bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqa tashkilotning vakillari ishtirok etishdi.

“Best Soft Challenge – 2017” ko‘rik tanlovi 2017 yilning 4-avgust kuni boshlangan bo‘lib, uning tashkilotchilari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UZINFOCOM” Markazi, “Uzbektelekom” AK va “HUAWEI” kompaniyasi hisoblanadi.

306 nafar ishtirokchilar orasidan Toshkent moliya instituti magistranti J. Rabbinov, Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi bosh kutubxonachisi D. Valiyev., Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha yetakchi mutaxassisi B. Egamnazarovlar hamkorligida ishlab chiqilgan “E-kutubxona” dasturi “AKT sohasidagi innovatsion g‘oya” nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni egalladi. Ushbu nominatsiya bo‘yicha loyiha mualliflari sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Quyida Javohir Rabbinovning “Sevimli” telekanali “Xayrli oqshom” (Yangilikga intilib) ko’rsatuvida bergan intervyusining video lavhasi havola qilingan:

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov