EPSON kompaniyasi tomonidan axborot-resurs markazi vakillari uchun “EPSONning ta’limdagi yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Joriy yilning 28-may kuni “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Epson” kompaniyasi tomonidan xorijiy mutaxassislar ishtirokida “EPSONning ta’limdagi yechimlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarning maqsadi Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, milliy ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi amaliyotni kengaytirish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, chop etish, skanerlash, proyeksiya uchun joriy va innovatsion yechimlarni taqdim etish qilib belgilanagan.
Ushbu seminarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti axborot-resurs markazidan: ARM direktori o'rinbosari: M.Safarova Elektron axborot-resurslari bo'limi mudiri: B.Egamnazarovlar ishtirok etishdi.