Shopping Cart

EBSCO ma’lumotlar bazasida ishlash

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “EBSCO ma’lumotlar bazasida ishlash” mavzusida seminar tashkil etildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Axborot-resurs markazi hamda Ilmiy jurnal va xalqaro nashriyotlar bazalari bilan ishlash bo’limi tomonidan professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar uchun “EBSCO ma’lumotlar bazasida ishlash” mavzusida seminar tashkil etildi.

Tadbirga “E-LINE Press” MChJ Ilmiy-axborot xizmatlari tahliliy markazi rahbari Feruza Shodmonova ma’ruzachi sifatida taklif etildi.
O‘z ma’ruzasida ishtirokchilarni EBSCOhost platformasidagi 19 ta ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, platformada shaxsiy kabinet ochish, platformada maqolalar, kitoblar va jurnallar izlash, adabiyotlarni to’liq ko’rinishda yuklab olish, platformada filtrlar yordamida ishlash, iqtiboslar va iqtibos stillari bilan ishlash kabi ma’lumotlar bilan tanishtirdi. 

Bundan tashqari, platformada adabiyotlarni turli tillarda o’qish, xorijiy dissertatsiyalarni izlash va to’liq matnlarini ko’chirib olish, adabiyotlar mualliflari ma’lumotlari bilan ishlash, platformada turli manbalar bilan ishlash, platformadagi kompaniyalar ma’lumotlari bilan ishlash va boshqa ilmiy izlanuvchilar uchun ahamiyatli bo’lgan ma’lumotlar berildi.

Seminar taqdimoti

2021-2024 yil Axborot-resurs markazi. Vebmaster: J.R. Rabbinov